"Lolazor" podkastida "Paxtakor" klubi prezidenti Jahongir Ortiqxo‘jayev Abbosbek Fayzullayevning asosiy tarkibga kirishi haqida gapirib berdi.
"Bir kuni "Paxtakor"ning Qibraydagi mashg‘ulot o‘tkazadigan joyiga borsam Abbos (Fayzullayev – tahr.) yugurib yuribdi. Men yarim soatcha kuzatdim. Shu bolaning harakati juda kuchli. Keyin Piter Xyustrani chaqirdimda, "shu bolani asosiy tarkibga ol" dedim. "Yo‘q olmayman, bu kichkina, kattalarni oldida oyoq ostida qolib ketadi", dedi. Abbosni olmayapti! Iltimos qilsam ham yo‘q dedi. Oxiri stolni ustiga qo‘limni urib, "olasan shuni asosiy tarkibga, men unda nimadir sezyapman", dedim. Keyingi o‘yindan Abbosni asosiy tarkibga oldi. Mana qarang, yosh bola asosiy tarkibda o‘ynab shunday natijaga erishdi. Bo‘lmasa uni chiqishtirmayotgandi", – deydi u.
Jahongir Ortiqxo‘jayev Diyor Holmatovda ham iqtidor sezganini aytdi.
"Yana Shaxzod Azmiddinovda sezdim. Uni ham chiqishtirishmayotgandi. Aziz Turg‘unboyevni chetlashtirib qo‘yishgandi", – deya qo‘shimcha qiladi tadbirkor.
Manba: "Lolazor" podkast “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi