“Abbosbek Fayzullayevni SSKAning yetakchisi deb atashga hali erta”

“Abbosbek Fayzullayevni SSKAning yetakchisi deb atashga hali erta”
SSKA sobiq futbolchisi Andrey Afanasyev "armiyachilar" a’zosi Abbosbek Fayzullayev haqida fikr bildirdi.

“Abbos SSKA uchun ajoyib xarid bo‘ldi desak bo‘ladi. U chempionatning ilk davrasini ajoyib tarzda o‘tkazdi. Maydonda yaxshi harakat qildi, sheriklarini bir necha bor yaxshi imkoniyatga olib chiqdi. Uni hozirning o‘zidan SSKA yetakchisi deb atasak bo‘ladimi?

Hali erta, biroq u musobaqaning ikkinchi davrasida ham shunday o‘yin ko‘rsatsa, keyin fikrimizni o‘zgartirsak bo‘ladi. Yetakchi bo‘lish oson emas, chunki bu darajadagi futbolchilar har doim bir xil darajada ajoyib o‘yin ko‘rsatishlari lozim
”, — dedi SSKA sobiq murabbiyi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar