
O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov qishki transfer oynasi so‘nggi kunida A Seriyadagi jamoasini o‘zgartirishga yaqin kelgandi.
Insayder Nikola Skiraning yozishicha, "Salernitana" klubi 31 yanvardan 1 fevral kuni oxirigacha Shomurodovni yarim yilga ijaraga olish bo‘yicha "Roma" bilan muzokara olib borib, so‘nggi soatlarda kelishuvga erishgan. Ammo "Kalyari" klubi so‘nggi pallada o‘zbekistonlik forvardni mavsum yakuniga qadar o‘z tarkibida olib qolishga qaror qilgan. Natijada, hujumchining "Salernitana"ga o‘tishi amalga oshmay qolgan.
Avvalroq, "Kalyari" klubi hozirda jarohatini tiklab, safga qaytishga yaqin bo‘lgan Eldor bilan qishki transfer oynasida xayrlashishga qarshi emasligi haqida xabarlar tarqalgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar