Bir necha daqiqa avval faoliyatini Pro ligada davom ettira olmaydigan jamoalar nomiga oydinlik kiritildi. Shu tariqa litsenziyalash talabini bajarishi mumkin bo‘lgan Pro liga klublari 6 tani tashkil etishi ma’lum bo‘ldi: "Buxoro", "Qo‘qon-1912", "Mash’al", "Sho‘rtan", "Xorazm" va "Aral".
Assotsiatsiya va Liga o‘zaro kelishgan holda mazkur 6 jamoa qatoriga yana ikki jamoani shartli ravishda kiritdi: "Olimpik Mobiuz" hamda "Do‘stlik Toshkent". 2028-yil Los Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etilgan Olimpik farm bundan buyon "Mobiuz" homiyligi hamda Assotsiatsiya kafolati ostida faoliyat olib boradi. "Do‘stlik Toshkent" esa so‘nggi ikki mavsumni Birinchi ligada o‘tkazgan bo‘lib, bir yil avval Birinchi liga klublari orasidan birinchilardan bo‘lib OFK litsenziyalash jarayonida ishtirok etgandi.
“Birinchi liga reglamenti”ning 9.3-bandiga ko‘ra, yakuniga yetgan mavsum natijasiga ko‘ra yuqori toifadagi Ligada qatnashish huquqini qo‘lga kiritgan futbol jamoasida reglament yoki me’yoriy hujjatlar bilan bog‘liq cheklov yuzaga kelsa ("Yangiyer quruvchi"), uning o‘rni litsenziyalashning minimal talabiga javob bera oladigan boshqa jamoa bilan to‘ldirilishi belgilangan. Shundan kelib chiqib, Assotsiatsiya va Liga joriy mavsum "Do‘stlik Toshkent" klubini Pro liga uchun shartli ravishda ro‘yxatdan o‘tkazishni lozim deb topdi. Mavsum yakuniga ko‘ra jamoa u yoki bu talabni belgilangan ko‘rinishda amalga oshira olmasa, 2024-yilni qaysi o‘rindan yakunlashidan qat’iy nazar Birinchi ligaga tushiriladi.
Pro liga ishtirokchilari bilan kelishgan holda Liga musobaqani to‘rt davra hamda 28 turdan iborat formatda o‘tkazishga qaror qildi. Bunda jamoalar mavsum davomida o‘zaro to‘rt martadan to‘qnash keladi. Shu tariqa har bir jamoa mavsum davomida 28 ta uchrashuvda ishtirok etadi. Pro liga klublari O‘zbekiston kubogi doirasida minimum 3 tadan uchrashuvda ishtirok etadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi