
Qatar yashil maydonlarida bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogi o‘z yakuniga yetdi. Turnir finalida Iordaniya va Qatar terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi va unda mezbonlar 1:3 hisobida zafar quchib, ketma-ket ikkinchi bor Osiyo kubogida zafar quchdi.
Musobaqa to‘purari Qatar yetakchisi Akrom Afif bo‘ldi. U 7 o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi. Ikkinchi o‘rinda iroqlik Ayman Hussayn hisobida 6 ta gol bor. Yaponiyalik Ayase Ueda va iordaniyalik Yazan al-Naymatlar 4 tadan golni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing