233
Ro‘ziqul Berdiyev: "Yigitlarimiz o‘yinga shay va ijobiy natija uchun bor mahoratlarini ishga solishadi"
OCHL 1/8 finali doirasidagi "Nasaf" – "Al Ayn" (BAA) uchrashuvidan oldin matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev va darvozabon Abduvohid Ne’matov qatnashishdi.
"Hammaga salom. Sizlar bilan mavsum oldidan ko‘rishib turganimizdan mamnunmiz. Ertangi o‘yinga kelsak, ikki jamoa ham tanaffus davrida edi. O‘ylaymanki, ertaga yuqori templi o‘yin bo‘lmaydi. Sababi jamoalar tanaffusda ekanliklari bois ushbu o‘yinni uzoq kutishdi. Shunga qaramay, taktik va kurashlarga boy bahs guvohi bo‘lamiz. Yigitlarimiz o‘yinga shay va ijobiy natija uchun bor mahoratlarini ishga solishadi. Har bir o‘yindagi natija juda muhim. Shuning uchun keyingi bosqichni ko‘zlagan holda o‘ynaymiz", – dedi Berdiyev.
"Hammaga salom. Ertaga qiziqarli uchrashuv bo‘ladi. Biz tayyormiz va o‘z uyimizdagi o‘yinga faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz", – dedi Ne’matov.
- "Al Ayn" bilan bundan 8 yil oldin uchrashgandik. O‘sha yil bilan taqqoslab, jamoaning bugungi holatini qanday baholaysiz?
- "Al Ayn" bilan o‘yinlarimizni yaxshi eslayman, lekin bunga ancha bo‘ldi. "Al Ayn"da ham, bizda ham ko‘plab o‘zgarishlar kuzatildi. Menimcha, ularda o‘sha paytdagi tarkibdan hech kim qolmagan. O‘ylaymanki, ertangi o‘yin oldingilaridan farq qiladi. Biz muxlislarimiz faxrlanadigan o‘yin ko‘rsatib, ijobiy natijaga erishishimiz kerak.
- Sizning bir xususiyatingizni hurmat qilamiz. Odatda har bir o‘yin oldidan raqibni obdon o‘rganasiz, lekin bu safar sizda imkoniyat kam bo‘ldi...
- Ertangi raqibimiz 9 fevralda Kubok uchrashuvini o‘tkazdi. Bu bahsni chuqur o‘rganib chiqdik va yigitlarga ma’lumotlarni ulashdik. Bundan tashqari, jamoaning chempionat va OCHLdagi o‘yinlarini ko‘rsatib, kuchli va kuchsiz tomonlarini ko‘rsatdik. Bu yigitlar to‘liq axborotga ega bo‘lishlari uchun qilinadigan doimgi jarayon.
"Al Ayn"ni kuzatib, shunga amin bo‘ldikki, bu jamoa hujumkor o‘ynaydi va hujum qilishni yaxshi ko‘radi. Tarkibidagi 4 nafar mahalliy futbolchisi OCHLda qatnashmaydi, bu degani jamoada ko‘plab legionerlar bor va tanlov yuqori. Ularda 15 nafarga yaqin legioner bor. Ayrim saytlarda yozilganidek, ayrim futbolchilari kelmaydi. Biroq ularning o‘rnini to‘ldiradigan futbolchilari mavjud. Bu informatsiyalar biz uchun muhim.
- Ro‘ziqul Berdiyev boshchiligidagi "Nasaf" jamoasi o‘z falsafasiga ega. Ko‘plab yangi futbolchilarni tarkibga qo‘shib oldingiz. Ular "Nasaf" falsafasiga qanchalik moslashishdi?
- Ertangi uchrashuvda jamoamizga taklif qilingan ayrim futbolchilar maydonda harakat qilishadi. Bu ko‘proq qanday taktika tanlashimizga bog‘liq. Biz bu transferlarni butun mavsum uchun amalga oshirdik. Har qanday futbolchi 1 oy ichida jamoaga moslashib ketmaydi. O‘ylaymanki, bu futbolchilar ishonchimizni oqlaydi. Biz muammoli pozitsiyalarimiz uchun saviyali futbolchilarni olib kelishga harakat qildik. Taklif etilgan futbolchilar yaxshi saviyadagi futbolchilar, ammo mehnat qilmasdan hech nimaga erishib bo‘lmaydi. Biz mehnat qilishdan to‘xtamasdan, bir maqsad yo‘lida birlashishimiz kerak. Taktik va ruhiy jihatdan tayyor bo‘lsak, o‘zimiz kutgan natijaga yetishamiz.
- Odatda jismoniy holatdan ko‘ra ruhiy holatni maromiga keltirish qiyin bo‘ladi. Sizdan Zafarmurod Abdiraxmatov haqida so‘ramoqchiman. U o‘sha penaltidan keyin qanday holatda bo‘lib turibdi? Ertangi o‘yinda unga ishonch bildiriladimi?
- Zafarmurod Abdiraxmatov kuchli xarakterga ega futbolchi. Biz uni bolaligidan bilamiz. U doimo o‘zini ko‘rsata olgan. Har bir futbolchida bunday holat uchraydi. Futbolchilar, murabbiylar va uning yaqinlari unga yordam berishga urinishmoqda. Zafarmurod bu vaziyatdan chiqib keta oladi, hozirgi holati buni ko‘rsatib turibdi. Faqat ertangi uchrashuvda kim tushishi haqida aniq axborot berolmayman, ammo u tarkibda bo‘lishi mumkin. Zafarmurod terma jamoadan betob holda kelgani uchun 4-5 kun mashg‘ulotlarda ishtirok etmadi. Vaziyatga va taktikaga qarab ish tutamiz.
- Abduvohid Ne’matovga savol. Siz milliy terma jamoa tarkibidan qaytib keldingiz. Hozirgi holatingiz qanaqa? "Al Ayn" tarkibidagi standartlarni bajaradigan qaysi futbolchilarni kuzatib, xulosa chiqardingiz?
- Biz murabbiylar bilan birgalikda raqiblarning kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘rganib chiqdik. Standart holatlarni ham ko‘rib chiqdik, yaxshi o‘rgandik degan umiddaman.
- Abduvohid Ne’matovga savol. Hujumlar paytida deyarli maydon markazigacha kelib turasiz. Ro‘ziqul Berdiyev aytganidek, ertaga tajribali futbolchilarga qarshi o‘ynaymiz. Sizda ustimdan oshirib qo‘ysa, gol o‘tkazib yuboraman, degan hadik bo‘lmaydimi yoki bu murabbiylarning ko‘rsatmasimi?
- Murabbiyning ko‘rsatmasi bo‘lishi ham mumkin. Agar men qo‘rqqanimda, darvozada turmagan bo‘lardim. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”