
Og‘ir vazn(120,2 kg)dagi UFC jangchisi Tom Aspinall(14-3) ushbu divizion chempioni Jon Jons(27-1-1 N/C)ning maslahatiga munosabat bildirdi. Ilgari amerikalik britaniyalikga u bilan jang qilish g‘oyasiga berilib qolmaslikni, balki faoliyatini davom ettirishni tavsiya qilgandi.
“Men uning fikriga to‘liq qo‘shilaman. Jonni ko‘pchilikdan ko‘ra ko‘proq hurmat qilaman. Men uning sportda qilgan ishlarini bilaman. Jons ajoyib yutuqlarga erishgan. Uning maslahatini qadrlayman. Lekin bu mening yo‘lim, mening rejam. Har kimning o‘ziga xos ko‘tarilishlari va tushishlari bor va bu istalgan lahzada hamma narsa o‘zgarishi mumkin bo‘lgan og‘ir vazn", – dedi Aspinall MMA Hour da.
Tom AspinallJon JonsUFC jangchisiOg‘ir vaznSport yutuqlariJang qilish g‘oyasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing