60
O‘FA FIFA texnik departamenti bosh mutaxassisi Mishel Sablon va Gi Kiala bilan texnik hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi FIFA texnik departamenti bosh mutaxassisi Mishel Sablon va Gi Kiala bilan texnik hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.
Texnik rivojlanish bo‘yich yaqin, o‘rta va uzoq rejalarni tuzish, murabbiylar ta’limi, terma jamoalarni rivojlantirish, nufuzli yoshlar, ommaviy, bolalar, ayollar futboli va futzalini yangi bosqichga olib chiqish rejalarini muhokama qilish maqsadida FIFA texnik departamenti bosh mutaxassisi Mishel Sablon va O‘FA texnik direktorligiga nomzod Gi Kiala bilan uchrashuv tashkil etildi.
“Yurtimizda futbol rivojlanishi hukumat darajasiga ko‘tarilgan. Prezidentimiz esa faoliyatimizni doimo qo‘llab-quvvatlaydi. O‘tgan yillar davomida ikkita yirik turnirga mezbonlik qildik. Joriy yil sentyabr oyida futzal bo‘yicha Jahon chempionatini ham o‘tkazamiz. Milliy terma jamoalar markazi qurib bitkazilishi uchun tizimli rivojlanish yo‘li bosib o‘tilmoqda. U yerda futbol infratuzilmasi, tibbiyot va ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlar yo‘lga qo‘yiladi. Agar barchamiz birgalikda ishlasak, ko‘zlangan maqsadga erisha olamiz”, – dedi O‘FA birinchi vitse prezidenti Ravshan Irmatov.
Shuningdek, texnik direktorlar, murabbiylarning zamonaviy futbolda tutgan o‘rni, bu yo‘nalishdagi tendensiyalar, ommaviy va professional futbolni bosqichma-bosqich rivojlantirishga qaratilgan dasturlarini yurtimizda muvaffaqiyatli amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Yosh iqtidorli futbolchilarning professional futbolga qadar yetib borishini tizimli tashkil qilish va bunga ko‘maklashishning xalqaro tajribasi yuzasidan fikrlar almashildi.
Konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuvda ishtirokchilar bir qator yo‘nalishlar yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar hamda oldinda turgan rejalarni muhokama qildilar.
Ma’lumot uchun, O‘FA texnik direktorligiga nomzod Gi Kiala Belgiya, Buyuk Britaniya, BAA va Saudiya Arabistonida murabbiy sifatida tajriba to‘plagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?