
SSKA mashg‘ulotlariga qo‘shilgan Abbos Fayzullayev klub matubot xizmatiga intervyu berdi. Avvalroq, Abbosbek Fayzullayev SSKAning o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga qo‘shilgani haqida xabar bergandik. Navbatdagi mashg‘ulot oxirida matbuot xizmati vakillari o‘zbekistonlik futbolchidan qisqa intervyu olishdi.
- Salom Abbos, klub safida bo‘lmagan vaqtinga SSKAni kuzatdingmi?
- Ha, albatta. Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarni, Yutubda videolarni kuzatib bordim.
- Osiyo Kubogi, o‘zingning ishtiroking haqida nimalar deya olasan? Ko‘ngling to‘ldimi?
- Musobaqa yaxshi o‘tdi, biroq biz ko‘prog‘ini istagandik. Penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldik. Bu o‘ziga xos lotoreya... G‘alaba qozonishni juda istagandik. Endi esa oldinga qarab harakat qilishimiz zarur. Meni SSKAning o‘yinlari kutib turibdi. Ikkinchi davra va ko‘plab muhim uchrashuvlar kutib turibdi. Ularga yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, g‘alaba qozonishimiz zarur.
- O‘zingning holating, sport formang haqida nima deya olasan?
- Bir hafta uyda, oilam bilan dam oldim. Hozir o‘zimni juda yaxshi his qilyapman, barchasi joyida. Umid qilamanki, yaxshi sport formasidaman. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar