"Lans" himoyachisi Massadio Aydara jamoadoshi Abduqodir Husanov to‘g‘risida fikr bildirdi. Malilik 31 yoshli himoyachi o‘zi bilan bir chiziqda to‘p tepadigan o‘zbekistonlik hamkasbini maqtadi.
"Husanov juda yaxshi o‘yinchi, yakkakurashlarda ishonchli harakat qilmoqda. U yosh, lekin ko‘rsatayotgan o‘yinidan uning yosh ekanligini ham unutib qo‘yamiz. Abduqodir muvaffaqiyatga erishish uchun barcha imkoniyatlarga ega. U jiddiy yigit, shu bilan birga, boshqalarni tinglashni biladi va har doim maydonda borini beradi. O‘z navbatida biz uni imkon qadar qo‘llab-quvvatlashga harakat qilamiz. Unga maslahat berishga harakat qilamiz. Dastavval u muloqot qilish borasida qiyinchiliklarga uchradi, ammo futbolning o‘z tili bor, biz shu orqali muloqot qilamiz va u kutilganidan tezroq moslasha boshlaydi", — dedi Aydara.
Eslatib o‘tamiz, bugun "Lans" Yevropa ligasi 1/16 final doirasida "Frayburg" mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:45 da start oladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?