Eldor Shomurodovning og‘ir jarohatdan qutilgani va mashg‘ulotlarga kirishgani o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari uchun yaxshi yangilik bo‘ldi.
A Seriyada qolish uchun kurashayotgan “Kalyari”ni navbatdagi turda qiyin raqib – amaldagi chempion “Napoli” kutib turibdi. 25 fevral kuni bo‘ladigan uchrashuv oldidan sardiniyaliklar bosh murabbiyi Klaudio Raneri matbuot anjumanida jurnalistlar bilan muloqot qildi.
- Jamoada jarohatlar bilan bog‘liq vaziyat qanday?
- Shomurodov sekin-asta oyoqqa tura boshladi. Eldor bir muddat mustaqil tarzda mashg‘ulot o‘tkazdi. Shuningdek, jamoadosh do‘stlari bilan ham umumiy guruhda mashg‘ulot o‘tadi. Gaetano Oristanioda ham xuddi shunday vaziyat. Ibrohim Sulemanaga biroz vaqt kerak. Pantelis Xatsidiakos va Marko Mankosu safimizda emas.
- Udinedagi o‘yindan qoniqdingizmi?
- Ha, yigitlar ko‘rsatmalarni to‘g‘ri tushunib yetdi. Shundan xursandman. Endi har bir uchrashuvda xuddi oxirgisidek o‘ynashimiz kerak bo‘ladi.”Napoli” krizisda emas, lekin ular o‘tgan yilgi chempionlikni takrorlay olmaydi. Ularning tarkibida ajoyib o‘yinchilar bor va ular jamoani imkon qadar yuqoriga ko‘tarishga harakat qiladi. Hurmat qilamiz, lekin kurashishimiz ham kerak.
- “Napoli”ning yangi murabbiyi Franchesko Kalsone haqida nima deysiz?
- U ajoyib murabbiy va Neapolda yaxshi natijalarni qayd eta oladi.
- “Napoli” bilan birinchi o‘yindan qanday taassurot qolgan?
- Jamoamiz o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata oldi. Biroq keyinchalik “Napoli” yuqori sifat evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi.
- Nikolas Viola Janluka Gaetano bilan birga o‘ynay oladimi?
- Albatta, biri boshqasiga xalaqit qiladi, deb o‘ylamang. Lekin keyingi paytda Viola xuddi Mateo Prati singari nafasini rostlab olishiga to‘g‘ri kelyapti.
- Siz iste’foga chiqmoqchi bo‘lib, o‘yinchilarning reaksiyasini sinab ko‘rdingizmi?
- Yo‘q. Iste’fo berish kerak, deb o‘yladim. Lekin futbolchilarning gaplaridan keyin fikrimni o‘zgartirdim. Nafaqat men, balki hammamiz birgalikda quyi ligaga tushib ketishdan qutilish uchun qo‘limizdan kelganini qilishimiz kerak. Oxirigacha kurashamiz va hammasini oxirida ko‘ramiz.
- Naytan Nandes va Andrea Petanya haqida nima deysiz?
- Naytan haftani yaxshi o‘tkazdi, men undan qoniqdim. Men hammani kuzatib borishga harakat qilaman.
- Minaning kelishi himoyada inqilob qildimi?
- Ha, bu juda katta tajribaga ega o‘yinchi, uni anchadan beri olishni istardik. Minada to‘g‘ri xarakter shakllangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?