
Turkiya Superligasi 27-turidan o‘rin olgan "Sivasspor" - "Pendikspor" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda hamyurtimiz Aziz Turg‘unboyev to‘p tepadigan "Sivasspor" yirik 4:1 hisobida zafar quchdi.
Turkiya Superligasi. 27-tur
"Sivasspor" — "Pendikspor" 4:1
Gollar: Kvinsi Menig, Janer Osmanpasha, Reyu Manay, Bengali-Fode Koyta — Gyokchan Kaya
"Sivasspor" — 35.Ali Vural (g), 3.Ugyur Chiftchi, 4.Aaron Appindangoye, 9.Reyu Manay, 10.Klinton N'Ji (Emrax Bashsan 72), 12.Ibrohim Akdag, 30.Miyo Saktash (Axilleas Punguras), 33.Bargut Elmaz (Xaris Xarisis 8), 88.Janer Osmanpasha, 90.Azizbek Turg‘unboyev, 95.Kvinsi Menig (Samba Kamara 88).
Biz uchun quvonarlisi, hamyurtimiz uchrashuvda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. Ushbu g‘alabadan keyin "Sivasspor" 6-pog‘onaga ko‘tarilib oldi va uchinchi o‘rindagi "Trabzonspor" 7 ochkoga ortda qolmoqda.
Legionerimiz o‘yinni to‘liq o‘tkazdi va jamoasining 3 ochko jamg‘arishida katta hissa qo‘sha oldi. Quyida "WhoScored" (7.4 ball berildi) va "SofaScore" (6.8 ball berildi) portali orqali futbolchilarga qo‘yilgan ballar bilan tanishishingiz mumkin.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar