18:08 / 29.02.2024
276

Mashhur saytlardan biri Abbosbek Fayzullayev bilan suhbat uyushtirdi

Mashhur saytlardan biri Abbosbek Fayzullayev bilan suhbat uyushtirdi
Abbosbek Fayzullayev bugungi kunda eng mashhur o‘zbek futbolchisiga aylandi. O‘tgan yil avgust oyida SSKA klubiga ko‘chib o‘tganidan keyin Rossiya futbol jamoatchiligi legionerimizni alohida qiziqish bilan kuzata boshladi.

Premer-ligani tahlil qilib borayotgan mutaxassislar, murabbiylar, sobiq o‘yinchilar 20 yoshli hujumkor futbolchining mahorati haqida fikr bildirishdan to‘xtayotgani yo‘q.

Ayniqsa, Abbosbek Fayzullayev O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Qatarda bo‘lgan Osiyo kubogida ham o‘zini ko‘rsata olgani unga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi. Xorij klublari Abbosbekni kuzatayotgani haqida ma’lumotlar chiqishi davom etmoqda.

Rossiya sportini yoritib kelayotgan eng nufuzli manbalardan biri – www.championat.com sayti Abbosbek Fayzullayev bilan suhbat uyushtirdi.

— O‘zbekiston Osiyo kubogidan alamli tarzda chiqib ketdi. Buning ta’siri tez o‘tib ketdimi?
— Bu juda yaxshi tajriba bo‘ldi: men O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida bunday yirik musobaqada ilk marotaba o‘ynadim va ko‘p narsani o‘rgandim. Biz juda yaxshi o‘ynadik, lekin Qatar bilan bo‘lgan bahsda penaltilar seriyasidan chiqib ketdik, bu uchrashuvni yutishimiz ham mumkin edi.

Agar Qatardan o‘tganimizda, turnirda g‘olib chiqish uchun juda yaxshi imkoniyatga ega bo‘lardik. Biroq hayot davom etadi. Maqsadimiz bor – birinchi marta jahon chempionatiga chiqish. Tarixga kirmoqchimiz.

— Yana nimalarni o‘rganding?
— Qiyin vaziyatlarda qanday o‘ynashni. Osiyo kubogida maydondagi pozitsiyamni o‘zgartirdim. Avvaliga sal noqulay bo‘ldi, lekin Tailand bilan o‘yinda yangi rolga moslashib bo‘lgandim. Biz raqib kim qayerda o‘ynashini tushunmasligi uchun pozitsiyamizni muntazam almashtirib turdik. Shunday ekan, men taktik jihatdan ham kuchli bo‘ldim.

— Sizlarga zo‘r muxlislik qilishdi...
— Ha, odatdagidan ham boshqacha bo‘ldi. Qatarda muxlislar mehmonxonaga keldi. Ijtimoiy tarmoqlar “qaynadi”. Juda yoqimli bo‘ldi.

— Osiyo kubogidan keyin senga “Bavariya” qiziqish bildirayotgani haqida gap tarqaldi...
— Men bu haqida bilmas edim, internetda o‘qib qoldim, bunga oddiy munosabat bildiraman, mish-mishlar har doim bo‘ladi.

— Lekin biz “Bavariya”dan qiziqish haqiqat ekanini eshitdik...
— Ha, bilishimcha mening manfaatlarimni himoya qilayotgan ProSports Management kompaniyasi bilan muloqot bo‘lgan. Menga aytishlaricha, umumiy holat va ayrim ma’lumotlarga qiziqishgan. Lekin biz bunga xotirjam va tushungan holda munosabatda bo‘lamiz, bu hali hech narsani anglatmaydi. Hozir bor e’tiborim SSKAga qaratilgan. Biroq “Bavariya” yaxshi variant, albatta.

— Sen orzu qilgan klubing “Barselona” ekanini aytganding. Shundan kelib chiqib, “Real” seni olib ketmoqchi bo‘lsa, rad etasanmi?
— Rozi bo‘laman, albatta, kim “Real”ga bormaydi. Lekin “Barselona” baribir orzu. Bolaligimda Xosep Gvardiolaning “tiki-takasi” muxlisi edim. Hozir ularda inqiroz, lekin bu o‘tib ketadi, deb o‘ylayman.

— O‘zingni top chempionatlarga o‘tishga tayyorman, deb his qilyapsanmi yoki hali ertami?
— Buni hech kim bilmaydi, faqat vaqt ko‘rsatadi. Men jismonan kuchayishim, baquvvatroq bo‘lishim kerak. Taktik jihatdan ham qo‘shish kerak. Rivojlanishda davom etsam, hammasi yaxshi bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mashhur saytlardan biri Abbosbek Fayzullayev bilan suhbat uyushtirdi