
Bugun, 2 mart kuni Janubiy Koreyaning Kyongido provinsiyasi Puchon shahrida professional boks kechasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu oqshom doirasida o‘zbekistonlik 8 nafar professional bokschi ringga chiqadi.
Hasanboy Do‘smatovning ukasi Faryozbek Do‘smatov professional boksdagi debyut jangini o‘tkazdi. U filippinlik 28 yoshli Jover Amistosoni birinchi raunddayoq nokautga uchratdi.
O‘zbekiston chempionati va boshqa musobaqalar doirasida 8 ta jang o‘tkazgan Faryozbek shu kungacha havaskor boksda 5 ta g‘alaba, 3 ta mag‘lubiyat qayd etgan. U 2022 yilgi O‘zbekiston chempionati kumush medali sohibi hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar