
Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor (22-6) Menni Pakyaoga qarshi taxminiy jang haqida gapirib o‘tdi.
“Men hamon u bilan jang qilishni xohlayapman. Dekabrda ringga ko‘tarilishimiz mumkin. Saudiyaliklar o‘yin qoidalarini 100 foizga o‘zgartirib yubordi”, — deb yozdi Makgregor o‘z ijtimoiy tarmog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, Makgregor so‘nggi jangini 2021 yil iyul oyida Dastin Porega qarshi o‘tkazib, oyog‘ini sindirib olgandi. Pore texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongan edi.
Avvalroq, bokschi Oleksandr Usik Konorni jangga chorlagani xabar qilingandi.
Pakyao esa 2021 yilda WBC kamari uchun Yordenis Ugasga qarshi jangda mag‘lub bo‘lganidan so‘ng faoliyatini yakunlagan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar