20:08 / 09.03.2024
218

Timur Kapadze: "Turdaliyev Mirsaidovga zarba berib, burnini sindirdi..."

Timur Kapadze: "Turdaliyev Mirsaidovga zarba berib, burnini sindirdi..."
"Olimpik" va "Lokomotiv" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng "Olimpik" ustozi Timur Kapadze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"O‘yin yaxshi o‘tdi, har ikki jamoa ham o‘z rejasi bilan tushgani ko‘rindi. Birinchi uchrashuvdan keyin biz ham ularni o‘rgangandik. O‘z navbatida ular ham jamoamizni o‘rgangan bo‘lishi kerak. Ikkinchi bo‘limda yaxshi harakat qildik, yaxshi imkoniyatlarimiz bo‘ldi.

Lekin, afsuski VAR orqali penalti qo‘yildi va gol urildi, penalti bormidi yoki yo‘q? Bilmayman. Bu borada savollar bor. Bizning hujumimizda esa penalti berilmadi, darvozabon futbolchimizga nisbatan qo‘pollik ishlatgandi. Bu vaziyat o‘yinni buzdi deb o‘ylayman. Bunday oson penaltilar qo‘yilmaydi.

Qizil kartochka haqida gapirsak, bunday holat ularda ham bo‘lgandi. Hakam Turdaliyevni kechirdi, bizning futbolchini esa kechirmadi. Ularning futbolchisi Saidazamat Mirsaidovga zarba berib qoldi, uning burni sindi. Alam qilayotgani - o‘z o‘yinimiz sabab yutqazganimizda ham mayli edi. Ba’zi sabablar yigitlar ruhiyatiga ta’sir qildi.

Hakamga katta e’tiroz yo‘q, u yosh hakam. VARda esa tajribali hakam o‘tirgandi. U vaziyatni ko‘rib chiqqan holda hulosa qilishi kerak edi.

- Jasur Jaloliddinov o‘tgan yili maydon markazida katta hajmda ish bajarayotgandi. Uning yo‘qligi bilinib qolmoqda...
- Jasurning o‘rni albatta o‘zgacha. U individual mahorati evaziga har bir jamoani kuchaytira oladi. Uning o‘rnidagi boshqa yigitlarimiz ham yomon o‘ynashayotgani yo‘q. O‘yindan-o‘yinga ular kuchayib borishadi. Ular yaxshi o‘ynashdi.

O‘yin oson o‘tmadi, bunday himoyani yorib o‘tish uchun individual mahorat va boshqa jihatlar kerak bo‘ladi. Ammo bugun kamida bitta gollik vaziyat yaratgandik. Afsuski gol ura olmadik va penaltidan gol o‘tkazib yubordik.

- "Olimpik" raqibdan yaxshiroq o‘yin ko‘rsatgandek ko‘rindi. Nima sababdan futbolchilaringiz uzoqdan zarba bermay, darvoza tomon yorib kirmoqchi bo‘lishdi?
- To‘g‘ri aytasiz. E’tibor bergan bo‘lsangiz, bu narsadan maydonda o‘zimning ham jahlim chiqdi. Bu tajriba orqali keladigan narsa. Ba’zi vaziyatlarda uzoqdan zarba berish orqali hujumni yakunlash mumkin edi.

Zarba bermasa qanday gol urish mumkin? O‘yin darajasi yoki boshqa jihatlar balki yigitlarga ta’sir qilgandir. Mavsum endi boshlandi. Mamasidiqov ham jarohatdan endi qaytdi.

Ba’zi yo‘qotishlarimiz bor - markaziy hujumchilarimizning ikki nafarida jarohat bor. Bugun yosh himoyachimiz Behruz Jumatovni maydonga tushirdik. U o‘zini yaxshi ko‘rsata oldi. U uchun xursandman. O‘yinni buzib qo‘ymay, yaxshi o‘ynab berdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Timur Kapadze: "Turdaliyev Mirsaidovga zarba berib, burnini sindirdi..."