date
views 638

"Kalyari"ning g‘alabasini ta’minlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

"Kalyari"ning g‘alabasini ta’minlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?
A Seriya 28-turidan o‘rin olgan "Kalyari" - "Salernitana" bahsi bo‘lib o‘tdi. Gollarga boy o‘tgan uchrashuvda sardiniyaliklar 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Jarohatidan qaytgan Eldor Shomurodov ikkinchi taymning boshida maydonga tushdi va 51-daqiqada "Kalyari"dagi debyut golini urdi. 76-daqiqada esa chap qanotdan reyd uyushtirib, yana bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dubl qayd etdi.

Shu tariqa, sardiniyaliklar A Seriya turnir jadvalida 13-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Statistika bilan shug‘ullanuvchi "WhoScorreed" portali futbolchilarning harakatlarini baholadi. Shomurodovning o‘yini 8.1 ballga loyiq ko‘rildi va u uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Kalyari"ning g‘alabasini ta’minlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?