Qishning ikkinchi oyida «Arsenal» APLdagi barcha to‘rt o‘yinida g‘alaba qozondi, raqiblar darvozalariga jami 21 gol urildi, Mikel Arteta fevral oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi, uning jamoasining g‘alabali seriyasi yetti o‘yinga yetdi.
Bu safar ham uydagi o‘yin darhol vaziyatlar yaratilishi bilan boshlandi. Zarbalar oldingi o‘yinlardagiga qaraganda kamroq edi, ammo o‘yin to‘laligicha raqib jarima maydoni atrofida kechdi va doimiy tahdid solib turildi. Shu kuni hujum markazida tushgan Haversda qator imkoniyatlar bo‘ldi, ammo 19-daqiqada hisobni u emas, Rays Uaytning uzatmasidan keyin boshda yo‘llagan zarbasi bilan ochdi. Maydondagi asosiy ishi raqib hujumlarini buzish bo‘lgan angliyalik tayanch yarimhimoyachisi uchun bu APL joriy mavsumidagi oltinchi gol bo‘ldi. U ayniqsa so‘nggi o‘yinlarda hujum chizig‘ida foydali bo‘lmoqda – besh o‘yinda uch gol urib, uch assist muallifi bo‘ldi.
Barchasi birinchi bo‘lim 1:0 hisobida yakunlanishiga qarab ketayotgandi, ammo 45+4-daqiqada «Arsenal» darvozaboni Ramsdeyl qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Aytish kerakki, u bu o‘yinga majburan tushirilgandi. Asosiy darvozabon Rayya «Brentford»ga qarshi o‘ynay olmasdi, u hamon ushbu klub futbolchisi hisoblanadi («Arsenal» uni mavsum yakunida sotib olish sharti bilan ijaraga olgan).
Tanaffus arafasida Ramsdeyl to‘pni qabul qilib olganida uni uzoqlashtirish uchun yetarli vaqtga ega edi, ammo u kimga pas berish bo‘yicha ko‘p o‘ylanib yubordi va bundan foydalangan «Brentford» hujumchisi Vissa to‘pga oyoq qo‘yishga ulgurdi. Natijada navbatdagi ishonchli g‘alabasiga erishishi kutilgan «Arsenal» o‘yini asabiy tus oldi.
«Arsenal» ikkinchi bo‘limni ham kuchli boshladi va ikkinchi golga juda yaqin keldi. Edegor, Gabriel va Raysda xavfli zarbalar bo‘ldi. Keyin birinchi bo‘lim antiqahramoni Ramsdeyl ikki bor qahramonlik ko‘rsatdi va muqarrar gollardan qutqardi. Keyin esa bahsli vaziyat yuzaga keldi, Edegor to‘pni jarima maydoniga oshirib berdi, «Brentford» himoyachisi Ayer esa Trossarni bo‘ynidan ushlab yiqitdi. Bu vaziyatda himoyachi to‘p uchun kurashmayotgandi, bu muqarrar penalti bo‘lib ko‘ringandi, ammo VAR vaziyatga aralashmadi.
Buning ortidan «Arsenal» boshqa epizod uchun penalti so‘radi, ammo bu holatda arbitr haqli ravishda «nuqta»ni ko‘rsatmadi. Agar u istasa Haversga simulyatsiya uchun sariq kartochka ko‘rsatishi ham mumkin edi, bu esa uning uchun ikkinchi ogohlantirishga aylanardi.
Ammo «Arsenal» penaltisiz ham uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Avvaliga Raysning zarbasi ustun va to‘sin tutashgan nuqtaga tegdi, 86-daqiqada esa Uayt Haversga ideal uzatma berdi. Germaniyalik futbolchi to‘pga boshi bilan teginishi qolgandi va u buni uddaladi. «Brentford» darvozaboni to‘pni to‘sishga harakat qildi, ammo to‘p uning qo‘llaridan o‘tib baribir darvoza to‘riga kirdi. «Arsenal» birinchi o‘ringa ko‘tarildi va endi «Liverpul» va «Manchester Siti»ning o‘zaro o‘yini natijasini kutadi. Agar bu o‘yin durang natija bilan yakunlansa, londonliklar birinchi o‘rinda qoladi, chunki to‘plar nisbati aynan ularda hammanikidan yaxshiroq.
«Arsenal» – «Brentford» 2:1
Gollar: 1:0 – 19 Rays, 1:1 – 45 Vissa, 2:1 – 86 Havers.
«Arsenal» – Remsdeyl, Uayt, Gabriel, Saliba, Kiver (Zinchenko, 79), Jorjinio (Gabriel Jezus, 70), Edegor, Rays, Havers, Trossar (Nelson, 79), Saka.
«Brentford» – Flekken, Roerslev, Yorgensen, Ayer, Kollinz, Quddus, Damsgor, Nergor (Yensen, 34), Yanelt, Oniyeka (Yarmolyuk, 78), Vissa (Mope, 78), Touni, Lyuis-Potter.
Ogohlantirishlar: Oniyeka (4), Gabriel (10), Yorgensen (21), Havers (45), Vissa (72).
«Manchester Yunayted» – «Everton» 2:0
Gollar: 1:0 – 12, penalti Brunu Fernandesh, 2:0 – 36, penalti Reshford.
«Manchester Yunayted» – Onana, Diogu Dalot, Evans (Kambvala, 89), Varan, Lindelyof, Kazemiro, Brunu Fernandesh, Maktominey, Maynu (Amrabat, 79), Garnacho (Antoni, 83), Reshford.
«Everton» – Pikford, Godfri, Tarkovski, Brentueyt, Mikolenko, Harrison (Dobbin, 61), Dukure (Andre Gomesh, 61), Garner (Yang, 75), Onana, Shermiti, Betu (Kelvert-Lyuin, 61), Maknil.
«MYU» uchun hozirda Angliya Kubogi muhimroq o‘ringa chiqqan. Jamoaga ushbu turnir chorafinalida «Liverpul» raqib bo‘ladi, bu to‘siqdan o‘tilsa «Manchester Siti» bilan ham o‘ynashga to‘g‘ri kelishi mumkin, ammo qisqa muddatli turnirda natijaga erishish mumkin. Chempionatda esa — Chempionlar ligasi kvartetidan 11 ochkolik farq — asosiy yevrokubok uchun imkoniyatlarni maksimal darajada minimallashtirgan. Lekin bu «qizil iblislar» uchun APL o‘yinlari rasmiyatchilikka aylanganini anglatmaydi. Hozircha turnir jadvalida ko‘tarilish imkoniyati mavjud.
«MYU» hamon markaziy hujumchisi Rasmus Hoylundsiz o‘ynashiga to‘g‘ri kelmoqda. U tiklana boshlagan, ammo «Everton» bilan o‘yin zayavkasidan o‘rin olmadi. Hujum markazida Brunu Fernandesh tushdi. U sxema bo‘yicha markaziy hujumchi sifatida ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, amalda orqaroqqa joylashdi va qanotlardagi Markus Reshford va Alexandro Garnachoga to‘p oshirish bilan shug‘ullandi.
Mezbonlar o‘yini argentinalik futbolchi orqali keskinlashtirildi. «MYU» pozitsion hujumlardan ko‘ra, qarshi hujumlarga tayandi va 19 yoshli vinger tez-tez raqib jarima maydoniga yorib kira boshladi. Birinchi bo‘limda «MYU»ning ikki penaltisini ham aynan u ishlab berdi.
12-daqiqadayoq Garnacho chap qanotda Reshforddan to‘p qabul qilib oldi va jarima maydoniga kirganida Jeyms Tarkovski uning oyog‘ini bosib oldi. Brunu zarbada adashmadi.
36-daqiqada «MYU» yana bir penalti tepish huquqiga ega bo‘ldi. Garnacho o‘ng qanotdan markazga ko‘chib, uch himoyachini ortda qoldirdi, keyin esa uning oyog‘ini Ben Godfri bosib oldi. «Yunayted» fanatlari ikkinchi penaltidan keyin viva Garnacho [«Garnachoga olqishlar»] deb qo‘shiq kuylay boshlashdi. Bu safar 11 metrlik jarima zarbasini Reshford aniq ijro etdi.
Garnacho tanaffusdan keyin ham maydondagi eng yorqin futbolchi bo‘lib qoldi va raqib jarima maydonida tahdid solishda davom etdi. Vaziyatlardan birida u o‘zi ham gol urishi mumkin edi, ammo pas yo‘nalishini to‘g‘ri baholay olmadi.
Ikki gol ustunligiga ega bo‘lgan «MYU» ikkinchi bo‘limda ishonchli harakat qildi va «Everton»ga vaziyatlar yaratishga imkon bermadi, g‘alabali hisob o‘yin yakuniga qadar saqlanib qoldi. Bunday hisobdagi g‘alaba «MYU»ning bu mavsumdagi urilgan va o‘tkazilgan gollari nisbatini yaxshiladi (nollashtirdi). Endi jamoa yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan o‘zaro o‘yinda «Aston Villa» va «Tottenhem» ochko yo‘qotishini kutadi. «Everton» esa APLda g‘alabasiz seriyasini 11 o‘yinga yetkazdi (5 durang, 6 mag‘lubiyat).
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi