
Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor 2024 yil oxiriga qadar 2 ta jang o‘tkazishni maqsad qilgan.
“Faoliyatimni Hollivudda davom ettiramanmi? Balki, kelajak uchun menda takliflar bor, ammo hozir...
Bo‘lajak jangimning sanasi aniq, menimcha. Yil oxirigacha 2 ta jang o‘tkazmoqchiman. Oktagondagi faoliyatimni tugatishga hali ancha bor”, — dedi irlandiyalik sportchi.
Avvalroq, Konor UFC 300 turnirida jang qilishni istayotgani ma’lum qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, Makgregor so‘nggi jangini 2021 yil iyul oyi Dastin Porega qarshi o‘tkazib, oyog‘ini sindirib olgandi. Pore texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar