A Seriyaning 28-turi qahramonlaridan hisoblangan Eldor Shomurodov eng ko‘p muhokama qilinayotgan futbolchilardan biriga aylandi.
Mavsum boshidan beri tanqid qilib kelinayotgan o‘zbek hujumchisi “Salernitana”ga qarshi o‘tgan uchrashuvda ikkita gol urib, jamoasining 4:2 hisobidagi g‘alabasini ta’minlaganidan keyin yana muxlisu mutaxassislar diqqat markazida nomi zikr etila boshladi.
CORRIERE DELLO SPORT:
Shomurodov – qutqaruvchi. “Kalyari” endi o‘zbek hujumchisiga suyanishi mumkin. Eldor “Salernitana”ga ikkita gol urganidan keyin Klaudio Ranerida yangi qurol paydo bo‘ldi. Qariyb bir yil gol urmagan Eldor endi asosiy tarkibdan doimiy joy olishni istayapti.
Eldor 2023 yilning 2 aprelidan beri “quruq” seriyadan qutila olmayotgan edi. Mana “Salernitana” bilan bahsda dubl qayd etdi. Shomurodov gol urishdan tashqari, ajoyib texnika, dribling va tezkorlik kabi sifatlarni namoyish etib, “Kalyari” hujumlarining samarali chiqishini ta’minladi.
JUZЕPPЕ AMISANI, futbol eksperti:
Klaudio Raneri ham har qanday murabbiy kabi tanlov imkoniyati cheklanib qolganidan ko‘ra, qo‘l ostida ko‘proq o‘yinchi bo‘lishini istaydi. Endi sardiniyaliklar bosh murabbiyi Eldor Shomurodovga e’tibor qaratmay iloji yo‘q. Uzoq muddat jismoniy holati tufayli soyada qolgan hujumchi ikkita gol bilan jamoaga qimmatli uch ochkoni keltirdi.
O‘zbek hujumchisi bilan yangi imkoniyatlar ochildi. Endi murabbiylar shtabi undan foydalanish uchun eng qulay vaqtni topishi kerak. Balki Gaetanoning safdan chiqqani Shomurodov uchun boshlang‘ich tarkibga yo‘l ochar. Agar shunday bo‘lsa 61-raqam egasi hujumda Lapadula bilan birga o‘ynaydi. Ikki yuqori klassli forvardlarning o‘zaro tandemini “Monsa”ga qarshi bo‘ladigan navbatdagi uchrashuvda ham ko‘rishimiz mumkin.
LA NUOVA SARDEGNA:
Eldor Shomurodov o‘ziga keldi. Endi “Kalyari”da qo‘shimcha qurol ham bor. O‘zbek asosiy qahramon sifatida qaytdi, “Kalyari” esa, yo‘nalishini o‘zgartirdi.
Bu Shomurodovning syurprizi. Uzoq muddatli “uyqu”dan keyin qayta uyg‘ongan o‘zbekning harakatlaridan hamma hayratda.
ENRIKO GAVIANO, futbol eksperti:
Aslida “Roma”dan ijaraga olingan hujumchi og‘ir jarohatga yo‘liqib, safdan chiqqunicha ham samara keltirishni boshlagan edi.
Shomurodov Salernodagi uchrashuvda Violaga va Sardiniyada “Sassuolo”ga qarshi o‘tkazilgan bahsda Pavolettiga golli pas uzatgandi. Endi mavsum oxiriga kelib, qolgan uchrashuvlarda Eldor “Kalyari” uchun qo‘shimcha qurol vazifasini o‘tab beradi. Qolgan o‘nta bahsdan sakkiztasi yuqori divizionda qolish masalasini hal qilish darajasidagi bellashuvlardir.
Eldorning gollari evaziga uch ochkoni qo‘lga kiritib, musobaqa jadvalida 14-pog‘onaga ko‘tarilib olgan “Kalyari” navbatdagi uchrashuvni 16 mart kuni “Monsa” maydonida o‘tkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”