127
Superliga. “Neftchi” “Metallurg”ni mag‘lub etdi, “Olimpik” esa Jizzaxda kambek amalga oshirdi
Foto: “Neftchi”
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 3-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 15 mart, juma kuni bo‘lib o‘tdi.
“Neftchi” o‘z maydonida “Metallurg”ni qabul qildi va so‘nggi daqiqalarda gol urib, g‘alabani ilib ketdi. 87-daqiqada Karp raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
“So‘g‘diyona” esa “Olimpik”ka qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 3-daqiqasida Shohruh Abdurahmonov hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 41-daqiqada Oleg Zoteyev jizzaxliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Bo‘lim so‘ngida esa Aleksandr Zevadinov hisobni qisqartirdi.
Ikkinchi bo‘limda esa “Olimpik” muvozanatni tikladi. 53-daqiqada Alisher Odilov penaltini aniq amalga oshirdi. Qolgan daqiqalarda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi va uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi.
“Neftchi” – “Metallurg” 1:0
Gol: 1:0 — 87 Karp
“Neftchi”: 35. Sanjar Quvvatov, 2. Zoir Jo‘raboyev, 4. Boyan Siger, 20. Anvar G‘ofurov, 7. Jasur Jaloliddinov ( 23. Diyor Turopov, 59), 8. Katalin Karp, 11. Javohir Qahramonov (24. G‘ulomhaydar Gulyamov, 90), 19. Mirzohid G‘ofurov (55. Manuchehr Safarov, 71), 70. Abbos G‘ulomov , 77. Bilolxon Toshmirzayev (18. Mixay Roman, 46), 99. Effiong Nsungusi (9. Husayn Norchayev, 71).
“Metallurg”: 87. Akmal Ortiqov, 24. Davron Ergashev, 15. Abbos Otaxonov, 33. Ivan Yosovich, 14. Abror Toshqo‘ziyev, 22. Shahzodbek G‘ofurbekov, 6. Xudoyshukur Sattorov (11. Daler Sharipov, 90), 7. Sardor Abduraimov (31. Marko Milichkovich, 79), 8. Iskandar Shaykulov (4. Kerim Palich, 72), 97. Boban Jorjevich, 10. Shahzodbek Ubaydullayev.
Ogohlantirishlar: Katalin Karp (8), Mixay Roman (56), Davron Ergashev (86).
“So‘g‘diyona” – “Olimpik” 2:2
Gollar: 1:0 — 3 Shohruh Abdurahmonov, 2:0 — 41 Oleg Zoteyev, 2:1 — 45+5 Aleksandr Zevadinov, 2:2 — 53 Alisher Odilov (penalti).
“So‘g‘diyona”: 27. Milan Mitrovich, 2. Sardor Qulmatov, 3. Islom Qobilov, 5. Jasur Yoqubov (17. Samandar Sindarov, 54), 8. Vladimir Yovovich, 9. Samandar Mavlonqulov (7. Muhammadsafo Fozilov, 77), 10. Shohrux Abdurahmonov, 14. Lyupcho Doriyev, 22. Aleksey Nosko, 28. Stanislav Andreyev (11. Zoran Petrovich, 46), 33. Oleg Zoteyev.
“Olimpik”: 1. Shukron Yo‘ldoshev, 2. Saidazamat Mirsaidov, 7. Ibrohim Ibragimov, 10. Farruh Muxtorov (77. Timur Mamasidiqov, 56), 11. Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 18. Akbar Abdurasulov, 19. Ahmadillo Muqumjonov, 21. Muhammadaziz Ibrohimov, 23. Abdurauf Bo‘riyev, 29. Aleksandr Zevadinov, 37. Alisher Odilov.
Ogohlantirishlar: Zevadinov (25), Zoteyev (37), Doriyev (75), Yovovich (77), Qulmatov (86). “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”