Superliga uchinchi turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" – "Olimpik" (2:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
O‘yin haqida
- Qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Ikkala jamoa ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Ikki to‘p farqini yo‘qqa chiqarganimizdan xursandman, qiyin holatdan chiqib ketdik. G‘alaba qozonishimiz ham, mag‘lub bo‘lishimiz ham mumkin edi. O‘yin oxirida ochik futbol ko‘rdik. Bugun yigitlar yaxshi harakat qilishdi deya olaman. Qayerdadir xatolar bo‘lgan bo‘lishi mumkin, ammo yigitlardan qoniqdim. Qiyin uchrashuvda bir ochko qo‘lga kiritdik. FIFA kunlarida terma jamoaga e’tibor qaratamiz.
- "Olimpik" qiyin vaziyatdan chiqib keta oldi. Shu holatda "So‘g‘diyona" qanday kamchiliklarga yo‘l qo‘ydi deb hisoblaysiz?
- Ikkala jamoa ham kechagi noqulay havo sabab mashg‘ulot o‘tkaza olmadi. Lekin raqib o‘yinga juda yaxshi tayyorlangani sezildi. Birinchi golda himoyachimiz xatoga yo‘l qo‘ydi, o‘sha yerda yaxshiroq o‘ynashi ham mumkin edi. Bu futbol. Mavsum boshida hammada xato bo‘ladi. Bu tabiiy holat. "So‘g‘diyona" ham bu holatdan yaxshi chiqib ketadi deb o‘ylayman. Biz ham o‘yindan o‘yinga ochilib boramiz. Raqibning oxirgi ikki o‘yinini o‘rganib chiqqandik. Bu o‘yinlarda "So‘g‘diyona" boshqa taktikada o‘ynagandi. Bizdan kelib chiqib bugun umuman boshqa taktikada harakat qilishdi. Raqibga omad tilayman. Kamchiliklarga kelsak, raqib murabbiyi bu o‘yindagi kamchiliklaridan kerakli hulosa chiqaradi. Bugun eng muhimi muxlislar uchun yaxshi o‘yin bo‘ldi.
- Sizni juda tartibli murabbiy deb bilamiz. Bugungi o‘yinda esa juda ko‘p marta hakamlarga va o‘z shogirdlaringizga e’tiroz bildirdingiz. Bunga qanday izoh berasiz?
- Bugun men ham maydonda edim. Qayerdadir qizishib ketasiz, qayerdadir nimadir o‘xshamaydi. Balki, hakamlarga vaziyat boshqacha ko‘rinayotgandir. Men ham ancha yil futbol o‘ynaganman. O‘yindagi vaziyatlarni yaxshi tushunaman. Shu sabab ham qayerdadir e’tiroz qilishim tabiiy holat. Ikkinchi golda menimcha to‘p futbolchining qo‘liga tekkandi. Fol bor edi. Bu vaziyatlarni ko‘rib chiqamiz. Menda VAR yoki takroriy vaziyat yo‘q edi. Hakamlar qo‘mitasi ham bu vaziyatlarni ko‘rib chiqadi. Hech kim yutqazishni xohlamaydi. Balki, ba’zi holatlarda ko‘proq qizishib ketgandirman. Mag‘lubiyatni yomon ko‘raman. Bu normal holat. Qayerdadir nohaqliklar bo‘lsa bunga chiday olmayman. Har bir o‘yinga juda ko‘p tayyorgarlik ko‘ramiz. Ancha ish olib boriladi, mashg‘ulotlar, nazariya darslari o‘tiladi. Maydonda ikki jamoa ham g‘alaba uchun chiqadi. Qaysidir epizodda hakamlar qilgan xatolar biz uchun juda og‘ir botadi. Ba’zi vaziyatlarni hisobga olmasak, hakamlar o‘yinni yaxshi boshqardi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”