20:10 / 16.03.2024
1 125

Abbosbek Fayzullayev “gapi”ga javob berdi

Abbosbek Fayzullayev “gapi”ga javob berdi
SSKA futbolchisi Abbosbek Fayzullayev sport24.ru saytiga qisqa intervyu berib, nega keyingi o‘yinlarda zahirada qolib ketayotgani sababini aytgan edi.

Gap shundaki, mavsumning birinchi qismida jamoaning eng asosiy o‘yinchisiga aylangan Abbosbek Fayzullayev boshlang‘ich tarkibning muqim a’zosi sifatida SSKAga katta foyda keltirayotgan edi.

Biroq, qishki tanaffusdan keyin dastlabki uchta uchrashuvdan faqat birinchisida ilk daqiqadan maydonga tushib to‘liq o‘ynamagan o‘zbek legioneri keyingi ikki o‘yinni zahira o‘rindig‘ida boshladi.

Fayzullayev intervyuda nega zahirada qolayotganini bosh murabbiy Vladimir Fedotovdan so‘rash kerakligini ta’kidlagan.

Shundan keyin SSKAning kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Kirill Breydo o‘z telegramm kanali orqali o‘zbek futbolchisining izohini e’lon qildi.

- Men to‘g‘ridan to‘g‘ri fikrim beldirilgan xabarni ko‘rdim va unda men bosh murabbiyga nega o‘ynamayotgani haqida savol bergandek bo‘lib qolgan. To‘g‘risi, o‘zim ham hayron qoldim. Agar meni noto‘g‘ri tushungan bo‘lishsa-chi. Ayniqsa, birinchi navbatda bosh murabbiy.

Men faqat jurnalist savoliga javob berdim, o‘ynashni istashimni, lekin buni men emas, bosh murabbiy hal qilishini aytdim. Bu gapda hamma so‘zlar o‘z joyiga qo‘yilganidek, lekin mazmuni biroz boshqacha chiqishi mumkin.

Muxlislardan bu masalada ko‘p o‘ylanmasliklarini va xavotir olmasliklarini so‘rayman
, - deyiladi Abbosbek Fayzullayev nomidan keltirilgan ushbu izohda.

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullayev o‘tgan yilning avgust oyida “Paxtakor”dan SSKAga ko‘chib o‘tgan edi. 20 yoshli hujumkor futbolchi qisqa fursatda SSKAning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylandi.

Qishki tanaffus vaqtida Fayzullayev Qatarda bo‘lgan Osiyo kubogida yurtimiz sharafini himoya qildi. Qit’aning eng nufuzli musobaqasi oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va asosiy to‘purari Eldor Shomurodov og‘ir jarohat olib, safdan chiqqan edi. Shu bois, terma jamoa hujum chizig‘ida yetakchilik vazifasini aynan Abbosbek Fayzullayev o‘z zimmasiga olishiga to‘g‘ri keldi.

Qatardagi qit’a chempionatining eng yaxshi yosh o‘yinchisi sifatida e’tirof etilgan Abbosbek Fayzullayev mavsumning ikkinchi yarmiga to‘liq tayyorgarlik ko‘ra olmadi. Legionerimiz SSKAning uch bosqichli tayyorgarlik jarayonida dastlabki ikki yig‘inni o‘tkazib yubordi va qisqa muddat hordiq chiqarganidan keyin uchinchi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashdi xolos.

SSKA bosh murabbiyi Vladimir Fedotov esa, o‘zbek futbolchisi birinchi navbatda, emotsional jihatdan tiklanib olishi kerakligini va istalgan paytda maydonga tushishga tayyorligini ta’kidlagan.

Abbosbek Fayzullayev O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes tomonidan 2026 yilgi jahon chempionati saralash bosqichining mart oyida Gonkong bilan bo‘ladigan ikkita uchrashuviga taklif olgan.

Bu uchrashuvlardan birinchisi 21 mart kuni Gonkongda, keyingisi 26 mart kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abbosbek Fayzullayev “gapi”ga javob berdi