15:30 / 20.03.2024
901

Shomurodov syurpriz qilmasa ortga qaytadi!

Shomurodov syurpriz qilmasa ortga qaytadi!
“Kalyari” joriy mavsumda yuqori diviziondagi joyini saqlab qolish barobarida tarkibini takomillashtirish masalasini ham hal qilishi talab etiladi. Bu holat ko‘p jihatdan jamoa chempionatni qanday natijada yakunlashiga bog‘liq.

Agar Klaudio Raneri sardiniyaliklarni A Seriyada olib qololsa, kelasi mavsum oldidan tarkib sezilarli darajada kuchaytirilishi lozim.

“Kalyari” mutasaddilari o‘tgan yoz jamoaga yordam berish uchun taklif etilgan ikki tajribali hujumchi – Andrea Petanya va Eldor Shomurodovni ana shu maqsadda mavsum oxirida to‘liq transfer qilish huquqi bilan ijaraga olgan edi.

Biroq tengqur bo‘lgan bu forvardlar kutilgan effektni bermadi. O‘z davrida “Milan”, “Atalanta”, “Napoli”, “Sampdoriya” kabi taniqli klublarda o‘ynagan va “Monsa”dan ijaraga olingan Andrea Petanya A Seriyada “Kalyari” safida 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, bittadan gol va assist qayd etdi. Bu bir mavsum uchun sal kam ikki million yevro maosh olayotgan forvard uchun kamlik qiladi.

Eng katta maosh olayotganlardan biri sifatida e’tirof etilgan Eldor Shomurodov turli sabablarga ko‘ra, endi samara bera boshladi.

“Kalyari” faoliyatini muntazam yoritib kelayotgan cagliarinews24.com eksperti Eliya Serra Eldor Shomurodov masalasiga alohida to‘xtaldi.

“Kalyari” mavsum oxirida transferini to‘liq sotib olishi mumkin bo‘lgan “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov atrofidagi vaziyat quyidagicha:

- “Kalyari” bosh murabbiyi Klaudio Ranerining asosiy vazifasi jamoani A Seriyada saqlab qolish. Mavsum oxirida shartnomalar bo‘yicha vaziyatlarni muhokama qilish uchun yetarlicha vaqt bo‘ladi. Hozirgi paytda 28 yoshli hujumchi Eldor Shomurodov o‘z faoliyatini qayta tiklab olishi talab etiladi.

“Roma”ning o‘zbekistonlik forvardi atrofidagi vaziyat murakkab. Shomurodovning 10 million yevrolik bahosi klub g‘aznasi uchun og‘irlik qiladi. Agar u mavsumning bosh qahramoni darajasida o‘yin ko‘rsatganda edi, bor e’tibor uni klubda olib qolishga qaratilardi. Biroq o‘zbek legioneri “Salernitana” bilan o‘yindagi dublni hisobga olmaganda, kutilgan natijani bermadi.

Agar “Jenoa”ning sobiq o‘yinchisi chempionatning qolgan qismida shov-shuvli syurprizlar qilmasa, katta ehtimol bilan Daniele De Rossi boshqaruvidagi poytaxt jamoasiga qaytadi
, - deb yozdi Eliya Serra.

Yana bir manba – L'Unione Sarda nashrining yozishicha, “Kalyari” mutasaddilari mavsum oxirida ijara muddati tugaydigan Eldor Shomurodov hamda Andrea Petanyadan tashqari shartnomasi oxirlab qolgan Leonardo Pavoletti, Naytan Nandes, Marko Mankosu, Nikolya Viola va Simone Aresti kabi o‘yinchilar kelajagini ham hal qilishi talab etiladi.

Buning uchun esa, eng avvalo, sardiniyaliklar mavsumni o‘zlari uchun muvaffaqiyatli yakunlab, jamoa A Seriyadagi o‘rnini kafolatlab olishi lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov syurpriz qilmasa ortga qaytadi!