date

«Real» o‘z uyida «Selta»ni engdi va 1-o‘ringa ko‘tarildi

«Real» o‘z uyida «Selta»ni engdi va 1-o‘ringa ko‘tarildi

Ispaniya chempionatining 2-turidan o‘rin olgan "Real" Madrid hamda "Selta" klublari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga etdi.

Unda 2:1 hisobi qayd etilib, madridliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning birinchi bo‘limida gollar kiritilmadi. Ikkinchi bo‘limda, anqirog‘i 60-daqiqada Morata hisobni ochdi. Oradan etti daqiqa o‘tib, Orelyana javob golini urdi.

Ammo, Toni Kroos 81-daqiqada maydon egalarining g‘alaba to‘pini darvozaga yo‘llab, amalda uch ochkonikeltirdi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng "Real" musobaqa jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Ispaniya chempionati, 2-tur
Real Madrid – Selta 2:1
Gollar: 1:0 – 60 Morata, 1:1 – 67 Orelyana, 2:1 – 81 Kroos.
Real Madrid – Kasilya, Ramos, Varan, Karvaxal, Marselo, Modrich (Xames, 69), Kroos, Asensio (Vaskes, 65), Kazemiro, Beyl, Morata (Dias, 77).
Selta – Alvares, Kabral, Malo, Ronkalya, Kastro, Radoya, Ernandes, Vass (Diop, 77), Orelyana, Bongonda, Gvidetti (Aspas, 73).
Ogohlantirishlar: Malo (52), Kastro (55).

Manba: www.fut.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Real» o‘z uyida «Selta»ni engdi va 1-o‘ringa ko‘tarildi