20:16 / 21.03.2024
302

O‘zbekiston kubogiga qur’a tashlandi. «O‘lim guruhi»da qaysi jamolar bor?

O‘zbekiston kubogiga qur’a tashlandi. «O‘lim guruhi»da qaysi jamolar bor?
Bugun, 21 mart kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi-2024 guruh bosqich bahslariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur’aga ko‘ra, H guruhiga Superliganing to‘rt jamoasi — «Nasaf», «Navbahor», «Andijon» va «Samarqand Dinamo» tushdi. O‘z-o‘zidan, bu kvartet «o‘lim guruhi»ga aylandi.

Qizig‘i, B guruhi to‘liq Pro liga va Birinchi liga jamoalaridan tashkil topdi.

O‘zbekiston kubogi-2024 guruh bosqich 1-tur o‘yinlariga 12 aprelda start beriladi. Birinchi o‘yinlar 12–15 aprel, 2-tur 19–22 aprel, 3-tur 26–29 aprelga belgilangan.

"A" guruhi
"Bunyodkor"
"Sho‘rtan"
"Jayxun"
Saralash g‘olibi

"B" guruhi
"Xorazm"
"Aral"
"Sementchi"
Saralash g‘olibi

"D" guruhi
"Qizilqum"
"Olimpik Mobi.uz"
"Lokomotiv"
Saralash g‘olibi

"E" guruhi
"Surxon"
"Olimpik"
"Lokomotiv BFK"
Saralash g‘olibi

"F" guruhi
OKMK
"Mash’al"
"Buxoro"
Saralash g‘olibi

"G" guruhi
"Neftchi"
"Do‘stlik"
"Metallurg"
Saralash g‘olibi

"H" guruhi
"Andijon"
"Dinamo"
"Nasaf"
"Navbahor"

"I" guruhi
"Jizzax"
"Paxtakor"
"Qo‘qon-1912"
"So‘g‘diyona"

- O‘zbekison Kubogining bu mavsumdagi finaliga Farg‘onadagi "Istiqlol" stadioni mezbonlik qiladi.

Guruhlarda har bir jamoa 3 tadan o‘yinda maydonga tushadi. Bellashuv qaysi maydonda o‘tishi masalasi quyidagi format orqali aniqlab olinadi. Ya’ni, birinchi va ikkinchi tartib raqamda chiqqan jamoalar 2 tadan bellashuvni o‘z maydonida o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Uchinchi va to‘rtinchi raqiblar esa aksincha, 2 tadan safar o‘yinida ishtirok etadi.

Superliga va Pro liga maydonlari bo‘yicha muammo yo‘q. Birinchi liga klublarining uy uchrashuvlari masalasi qur’adan keyin hal etiladi. Ya’ni, talab darajasida bo‘lmagan maydon boshqasi bilan almashtiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston kubogiga qur’a tashlandi. «O‘lim guruhi»da qaysi jamolar bor?