18:00 / 22.03.2024
341

Yevro-2024. Pley-offda keyingi bosqichga yo‘l olgan terma jamoalar bilan tanishing!

Yevro-2024. Pley-offda keyingi bosqichga yo‘l olgan terma jamoalar bilan tanishing!
"Yevro-2024" saralash bosqichining dastlabki pley-offidan o‘rin olgan barcha uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi.

Gretsiya yirik 5:0 hisobida Qozog‘istonni mag‘lub qilgan bo‘lsa, Islandiya Isroil ustidan zafar quchdi. Shuningdek, Polsha va Uels ham keyingi bosqichda. Pley-offning eng dramatik o‘yini Bosniya va Ukraina o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Dastlab gol o‘tkazib yuborgan ukrainaliklar so‘nggi daqiqalarda ikki marta javob qaytarib. kambek amalga oshirdi.

Shu tariqa, "Yevro-2024" saralash bosqichi doirasida so‘nggi 3 ta o‘yin qoldi.

1. Gruziya - Gretsiya;
2. Uels - Polsha;
3. Ukraina - Islandiya.

Mazkur uchrashuvlar 26 va 27 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevro-2024. Pley-offda keyingi bosqichga yo‘l olgan terma jamoalar bilan tanishing!