06:38 / 24.03.2024
173

Xomyakov Kubokdagi raqiblar va "Nasaf"ga qarshi o‘yin oldidan qanday fikrda?

Xomyakov Kubokdagi raqiblar va "Nasaf"ga qarshi o‘yin oldidan qanday fikrda?
“Andijon” – Qirg‘iziston U20 (3:0) jamoalari ishtirokidagi uchrashuvdan keyin “Burgutlar” bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- Aleksandr Andreyevich, avvalo, uchrashuv haqida fikringiz qanday?

- O‘ylaymanki, yomon o‘yin bo‘lmadi. Raqibimizga shu yerga kelib biz bilan o‘rtoqlik uchrashuvida qatnashgani uchun rahmat. Ya’ni, Qirg‘iziston U20 terma jamoasi rozi bo‘lib, biz bilan o‘ynaganiga xursandmiz. Qiziqarli bellashuv bo‘ldi. Bir qator vaziyatlar yaratdik. Ulardan unumli foydalanishga harakat qildik. Tayyorgarlik uchun juda yaxshi o‘yin bo‘ldi, deb o‘ylayman.

- O‘yindan va natijadan ko‘nglingiz to‘ldi, shundaymi?

- Umumiy ma’noda yaxshi deyishim mumkin. Futbolchilarimizga rahmat aytaman. Nazorat o‘yinida qanday talabni qo‘ygan bo‘lsam, ular barchasini bajarishdi. Shu sababli uchrashuvdan qoniqdim, desam bo‘laveradi.

- Keyingi turda “Andijon”ni “Nasaf”ga qarshi jiddiy o‘yin kutyapti. Muxlislar ham ushbu bahsni orziqib kutishmoqda...

- Bu o‘yinda bizda qanday mas’uliyat borligini tushunib turibmiz. Yaxshi tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Bu oddiy o‘yin emas. Uchrashuvgacha yana bir necha kun bor. Qilishimiz kerak bo‘lgan ishlarni bajarib olamiz. Ishqibozlarimizni xursand qilish uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz.

- O‘zbekiston Kubogiga qur’a tashlandi. Barcha “Andijon” joy olgan guruhni “o‘lim guruhi” deb hisoblamoqdalar. Shunday raqiblarni kutganmidingiz? Fikringiz qanday?

- Yo‘q, men bunchalik darajadagi guruhga tushamiz, deb o‘ylamagandim. Rosti, bizga qaysi klublar tushishini taxmin ham qilmagandim. Kubok bahslarida raqiblarimizga qarshi kuchli o‘yinlar bo‘ladi. Futbolda aytilganidek, kuchlilar g‘alaba qozonadi.

“Andijon” matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xomyakov Kubokdagi raqiblar va "Nasaf"ga qarshi o‘yin oldidan qanday fikrda?