Foto: O‘FA
JCH-2026 saralashi doirasidagi O‘zbekiston - Gonkong o‘rtasidagi o‘yindan oldingi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Matbuot anjumanining ikkinchi qismida O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Vlado Rodmanovichga futbolchi Azizbek Turg‘unboyev hamrohlik qildi.
"Barchaga xayrli kun. Birinchi navbatda bosh murabbiyning holati haqida gapirmoqchiman. Katanes ikki kun avval o‘zini yaxshi his qilmayotganini va shaxsiy muammosi borligini aytdi hamda Sloveniyaga uchib ketdi. Biz aynan qanday shaxsiy muammo ekanini so‘ramadik, sababi hammada o‘z shaxsiy hayoti bor.
Biz terma jamoaga ishonamiz, muxlislar ham terma jamoaga ishonishadi deb o‘ylayman. Biz murabbiylar shtabi g‘alaba uchun barcha ishni bajaramiz.
Ertaga Gonkongga qarshi ikkinchi marta maydonga tushamiz. Birinchi o‘yindagi bo‘lgani kabi ertaga ham chiroyli o‘yin ko‘rsatishga va g‘alaba uchun o‘ynaymiz. Biz barcha raqiblarni hurmat qilamiz, Gonkong ham shu jumladan. Ertaga o‘yinga bepisandlik bilan munosabatda bo‘lsak yaxshi bo‘lmaydi. Gonkongni yana bir bor tahlil qildik, ularning kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘rgandik", - dedi Vlado Radmanovich.
"Ertangi bahs ajoyib o‘tishi kutilmoqda, chunki jamoadagi barcha legionerlar to‘liq tarkib bilan mashg‘ulotda ishtirok etyapmiz. Ertaga borimizni berib, 3 ochko uchun harakat qilamiz", - dedi Azizbek Turg‘unboyev.
- Bitta jamoaga qarshi qisqa muddatda ikkita o‘yin o‘tkazish doim qiyin. Ertaga Gonkongdan syurpriz kutishimiz mumkinmi?
- To‘g‘ri aytdingiz. Bizda qisqa muddatda bir raqibga qarshi o‘ynash tajribasi bo‘lmagan. Bunda eng asosiysi motivatsiya, yigitlar yetarlicha motivatsiya bilan maydonga tushishlari shart. Motivatsiya keragidan ham ortiq bo‘lmasligi kerak, barcha narsaning me’yori bo‘lgani yaxshi.
- Ertaga Katanes bilan aloqada bo‘lasizlarmi? O‘zgarishlarni u bilan maslahatlashib amalga oshirasizlarmi?
- Albatta bosh murabbiy bilan aloqada bo‘lamiz. Ertaga Katanes o‘yinni televizor orqali ko‘rib boradi va biz bilan gaplashib turadi.
Foto: O‘FA
- "Navbahor"da o‘ynaganingizda deyarli hujumchi bo‘lgansiz, hozir esa terma jamoada butun qanot futbolchisiga aylandingiz. To‘g‘ri terma jamoada istalgan joyda o‘ynash kerak. O‘zingizga qaysi joyda o‘ynash qulayroq?
Azizbek Turg‘unboyev: - To‘g‘ri aytdingiz, terma jamoada har qanday nuqtada o‘ynashga tayyorman. Agar qaysi joyda o‘zimni qulayroq his qilishimni so‘rayotgan bo‘lsangiz qanot yarim himoyachisi
Vlado Radmanovich: - Shu savolga qo‘shimcha qilmoqchiman, 4 va 5 himoyachi bilan o‘ynashda qanot himoyachilarining funksiyasi butunlay o‘zgacha. Birinchi bo‘lib fransiyalik Mishel Idalgo 3 nafar markaziy himoyachi taktikasini qo‘llagan. Bunday holatda jamoa to‘pni yo‘qotganda qanot futbolchisi himoyachiga aylanadi, to‘pga ega bo‘lganida esa yarim himoyachi va hujumchiga aylanadi.
- O‘zbekiston Gonkongga uchib bordi va qaytib keldi. Yigitlarda charchoq alomatlari yo‘qmi?
Azizbek Turg‘unboyev: - Yo‘q, charchoq alomati sezilmayapti. Sababi Toshkentga qaytib kelganimizdan keyin tiklanish mashg‘ulotlariga urg‘u berdik. Barcha yigitlar o‘yinga tayyor.
- O‘zbekiston terma jamoasi 3 nafar markaziy himoyachi bilan o‘ynashga o‘rganib qoldi. Balki Gonkong kabi kuchsizroq jamoalarga qarshi boshqacha taktikada o‘ynaganimiz yaxshidir?
- Ertaga tongda bosh murabbiy bilan qanday taktikada o‘ynashni gaplashib olamiz. Gonkongning kuchli va kuchsiz tomonlarini hisobga olgan holda taktika tanlaymiz. Raqib safida 11 va 8 raqamli futbolchilar hamda darvozabon yaxshi o‘ynaydi. Ertaga bilamizki 11 raqamli futbolchi maydonga tusha olmaydi. Kuchsiz tomonlariga kelsak raqib himoyachilari u qadar yaxshi o‘ynay olishmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”