00:00 / 28.03.2024
1 543

Sensatsiya ko‘targan bokschi Bahodir Jalolov oldida “ip esholmadi”, biroq...

Sensatsiya ko‘targan bokschi Bahodir Jalolov oldida “ip esholmadi”, biroq...
Ozarbayjonning Boku shahri mezbonlik qilayotgan “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turnirida dunyoning eng kuchli bokschilari ham ishtirok etmoqda.

Ko‘pchilikning e’tibori eng og‘ir vazn toifasiga qaratilgan. Vazni 92 kilogrammdan og‘ir charm qo‘lqop ustalari bahsida ko‘pchilik boks “el klasiko”si – Bahodir Jalolov va Qamshibek Kunkabayev to‘qnashuvini kutayotgan edi.

Qur’aga ko‘ra, kutilgan bellashuv yarim finalga to‘g‘ri kelishi kerak edi. Biroq qozoq bokschisi kutilmaganda, chorak finalda yutqazib qo‘ydi. Kuchli raqibni rossiyalik yosh bokschi Ramazon Karnukayev mag‘lubiyatga uchratib, musobaqadagi eng katta sensatsiyaga sababchi bo‘ldi.

Bahodir Jalolov esa, eronlik Ruzbex Safariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Yarim finalda hamyurtimiz yangi raqib – Ramazon Karnukayev bilan to‘qnashdi. Bahsda jahon reytingi yetakchisi hisoblangan Bahodir Jalolov g‘alaba qozondi. Hakamlarning barchasi o‘zbek bokschisining ustunligini qayd etdi.

Tajribali raqibga 0:5 hisobida imkoniyatni boy bergan Karnukayev Rossiya boks federatsiyasi matbuot xizmatiga jang haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi. Rossiyalik bokschi mag‘lubiyatini tan olgisi kelmadi.

- Raqibim o‘ta noqulay ekan, lekin jang umuman olib qaraganda, men uchun yomon o‘tgani yo‘q. Agar xotirjamroq harakat qilganimda yaxshiroq boks tushishim mumkin edi. Lekin juda shoshdim, rosa yutishni xohlagandim. Shu bois jangim biroz tartibsiz bo‘ldi.

Qo‘shimchasiga raqib boks tushish imkonini bermadi. O‘zi ham bor imkoniyatini ko‘rsatgani yo‘q. Uning tajribasi kattaligi va olimpiya chempioni bo‘lgani hisobiga g‘alabani unga berib yuborishdi
, - dedi Ramazon Karnukayev.

Bahodir Jalolov finalda yana bir o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi bilan to‘qnash keladi. O‘ta og‘ir vazn toifasidagi janglarda ishtirok etib kelayotgan yosh bokschimiz Jahongir Zokirov final yo‘llanmasi uchun uchrashuvda ozarbayjonlik Muhammad Abdullayev bilan kuch sinashishi lozim edi. Biroq mezbonlar vakili bu jangga chiqamadi va hamyurtimiz to‘g‘ridan to‘g‘ri finalga yo‘llanma oldi.

Nufuzli musobaqada yana bir necha bokschimiz o‘z vazn toifasida finalga chiqish uchun kurashni davom ettirmoqda.

O‘zbek boks maktabi tarbiyalanuvchilaridan Fazliddin Erkinboyev, Rahmatilla Boymatov, Javohir Ummataliyev, Saidjamshid Ja’farov, Shavkatjon Boltayev va Shaxina Ne’matova o‘z janglarini g‘alaba bilan yakunlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sensatsiya ko‘targan bokschi Bahodir Jalolov oldida “ip esholmadi”, biroq...