22:51 / 28.03.2024
129

Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi

Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi
Superliga 4-turidan o‘rin olgan "Dinamo" - "Metallurg" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda samarqandliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Sardor Abduraimov 28-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 72-daqiqaga kelib, Anvar Hojimirzayev penaltidan gol urib muvozanatni tikladi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda Xislat Halilov raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasiga 3 ochko taqdim etdi.

Shu tariqa, Abramov shogirdlari Jizzaxda muhim g‘alabani tantana qildi.

“Dinamo” – “Metallurg” 2:1
Gollar
: 0:1 — 28 Sardor Abduraimov, 1:1 — 72 Anvarjon Hojimirzayev, 2:1 — 90 Xislat Halilov.
“Dinamo”: 1. Farhod Rahmatov, 3. Ulug‘bek Abdullayev, 7.Fransis Narx, 17. Salim Mustafoyev, 20. Jurani Fransisko Ferreyra, 21. Anvarjon Hojimirzayev, 22. Sanjar Shoahmedov, 30. Abubakr Mo‘ydinov (8. Xislat Halilov, 46), 44. Dushan Miyich, 58. Husniddin G‘ofurov (10. Joel Kojo, 46), 77. Vohidjon Oqbo‘tayev (9. Humoyunmirzo Iminov, 46).

“Metallurg”: 87. Akmal Ortiqov, 14. Abror Toshqo‘ziyev, 5. Rizo Yazdando‘st, 24. Davron Ergashev, 33. Ivan Yosovich, 22. Shahzodbek G‘ofurbekov, 8. Iskandar Shayqulov (6. Xudoyshukur Sattorov, 85), 88. Sirojiddin Qo‘ziyev (19. Ergash Ismoilov, 77), 7. Sardor Abduraimov (31. Marko Milichkovich, 77), 11. Daler Sharipov (97. Boban Jorjevich, 90+2) 10. Shahzod Ubaydullayev (4. Kerim Palich, 77).

Ogohlantirishlar: Abror Toshqo‘ziyev (41), Daler Sharipov (54), Sanjar Shoahmedov (65), Abror Toshqo‘ziyev (71).
Chetlatish: Abror Toshqo‘ziyev (71).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi