Superliganing 4-turida "Dinamo" klubi "Metallurg"ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Ushbu bellashuvdan keyin "Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Dastlabki taymda biroz rejadagidek o‘ynamadik. Shu bois, ikkinchi bo‘limda o‘zgarishlar qilishga majbur bo‘ldik. Raqib sifatli va yaxshi o‘yin ko‘rsatadigan jamoa. Shunday jamoa bilan yaxshi o‘yin ko‘rsatganimiz va yakunda g‘alaba qozonganimiz uchun futbolchilarga rahmat.
"Metallurg" ancha saviyali va tartibli jamoa. Ularga qarshi o‘yin qiyin kechishini bilardik. Ikkinchi taymda ancha hayajonlandik, ammo uni yenga oldik. Ketma-ket uchta mag‘lubiyat futbolchilarga ruhiy tomonlama biroz bosim qilayotgandi. Bu fikrni o‘yin davomida hayollaridan chiqarib tashlash kerak edi. Buni uddalay olishdi va bugungidek qiyin raqib bilan o‘yinni olib chiqib keta oldik.
Kojo bugun kunduzi yetib kelganiga qaramay o‘ynash istagini bildirdi. Terma jamoadagi o‘yinini yakunlab bugun tarkibimizga kelib qo‘shilgani uchun unga biroz dam berishni istagandik. Ammo, futbolchi o‘ynashni istadi. Agar futbolchida o‘ynashga ishtiyoq bo‘lsa, albatta maydonga tushiriladi. Bugun Kojoni aynan shuning uchun ikkinchi taym avvalida maydonga tushirdik.
Hojimirzayev darajasi yuqori futbolchi. Shuning uchun asosiy tarkibda tushyapti. Bu kabi saviyali va sifatli futbolchilarga tarkibda joy albatta doim topiladi. Kojo haqida ham aynan shunday fikr bildirish mumkin. Bular raqobatlashyapti va bundan jamoa doim manfaatda. Farruh Ikromovning pozitsiyasida aynan Hojimirzayev va Kojo o‘ynayapti. Farruh ham yaxshi futbolchi. U ham ular bilan raqobatlashyapti. Uni ham hali albatta, maydonga tushishga imkoniyatlari yetarli", - dedi Vadim Karlenovich. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”