200
Maksim Shatskix: "Dastlabki golni urib olganimizdan so‘ng negadir g‘alati o‘yin ko‘rsatishni boshladik"
O‘zbekiston Superligasi 4-tur doirasidagi "Paxtakor" — "So‘g‘diyona" (2:3) o‘yinidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Dastlabki golni urib olganimizdan so‘ng negadir g‘alati o‘yin ko‘rsatishni boshladik. Shu, gapiradigan boshqa gapim yo‘q", — deya so‘z boshladi Shatskix.
— "Paxtakor"da himoya bilan bog‘liq muammolar ko‘rindi. Ikki himoyachi qaytdi, ammo "Lokomotiv" bilan o‘yinda bo‘lgani kabi orqada bo‘shliqlar paydo bo‘ldi, tayanch hududida ham xatolar kuzatildi.
— Individual mahorat va aql. Bizda shu bo‘yicha katta muammo bor. Ko‘ring, bolalarcha xatolar qildik. Doim shular bo‘yicha ishlaymiz va uqtiramiz.
— Jamoa ikkinchi bo‘limda juda xotirjam ko‘rindi. Qandaydir ko‘rsatma berilmadimi?
— Ko‘rsatma? O‘yindan oldingi ko‘rsatma bo‘lsa, unda faqat oldinga deganman. Yon chiziq bo‘ylab sharh berib borish uchun u yoqdan bu yoqqan yugurishim kerakmas. Bu uchun o‘yinoldi va tanaffus vaqti bor. Maydonda vaziyat tez o‘zgaradi, ular bitta aytilgan gap bo‘ycha harakat qilmay, o‘zlari qaror chiqarishlari kerak. Murabbiylar shtabi natija uchun mas’uliyatni o‘z bo‘ynimizga olamiz, futbolchilar esa o‘z harakatlari uchun. Qachonki shu narsa bo‘lsa, nimadir o‘zgarishi mumkin.
— Olimpiya terma jamoamiz aprelda Qatardagi Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Unda jamoangizning ko‘plab asosiy o‘yinchilar bor. Umuman olganda, bu o‘sha payt kubokdagi o‘yinlarga qanday ta’sirini o‘tkazadi?
— Qanday ta’sir ko‘rsatishini ko‘ramiz. Ularning jamoaga qanday holatda qaytishlari noaniq. Umuman boshqacha bo‘lib kelishadi. Nima qilamiz, yoshlarimiz bor, ulardan yig‘amiz. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”