221
Samvel Babayan: "Himoya chizig‘iga sifatli transfer qila olmadik. Bizga Golban va Milovich kabilar yetishmayapti"
Superliganing 4-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Surxon" (2:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- Ta’kidlash joiz, bu yilgi chempionat oson o‘tmayapti. Istalgan raqibdan kuchli qarshilik kelib chiqmoqda. Masalan o‘tgan "Bunyodkor" bilan o‘yin biz uchun og‘ir kechgandi. Bugun "Surxon"ga qarshi o‘yinda ham katta qiyinchilikka duch keldik. O‘z navbatida aytish mumkin, chempionat saviyasi ham ortdi, shuningdek sifatli futbolchilar ham ko‘payib borayapti. O‘z xatolarimiz evaziga 2 ta gol o‘tkazib yubordik. Masalan, to‘p yon chiziqdan o‘yinga kiritilgan vaziyatda yaqqol xatoga yo‘l qo‘ydik, raqib gol urib ketdi. So‘nggi daqiqalargacha kurashdik. Agar o‘sha oxirgi vaziyatda Jokovich gol kiritganida bu haqiqiy kambek, balki bayram ham bo‘lardi.
Muxlislar bizni oxirigacha qo‘llab-quvvatlashdi, rahmat aytaman. Ularga bugungi o‘yinda g‘alaba taqdim etmoqchi edik. Biroq ba’zi omillar sabab bunga erisha olmadik.
- Chempionlikni maqsad qilgan jamoa 4 ta turdan so‘ng 6 ochko jamg‘arishi yaxshi holat emas. Buni qanday izohlaysiz?
- Juda kutgandim shu savolni. Bilasizmi, futbolda jamoa muvaffaqiyatiga sabab nima? To‘g‘ri mudofaa, kuchli himoya. Bizga himoya chizig‘ida Milosh Milovich, Igor Golban kabi futbolchilar yetishmayapti. Ular jamoamizni tark etishdi, o‘rinlariga munosib transfer qila olmadik. Gol urayapmiz, lekin ko‘p gol ham o‘tkazib yuborayapmiz. Bizda mudofaa bo‘yicha kamchiliklar ko‘zga tashlanayapti.
- Zahiralarni ko‘p amalga oshirmaysiz, ba’zan almashtirishlar juda kech amalga oshadi. Buning sababi nima?
- Bizda teng kuchli ikkita tarkib bor emas. Asosiy tarkibga munosib deb hisoblayotganlarimiz 12 nafarni tashkil etadi, qolgani yosh futbolchilar. Nikabadzeni o‘yinning borishidan kelib chiqib maydonga tushirmadim. Chunki, uchrashuvdagi temp o‘ta yuqori edi, birdaniga uni maydonga tashlab qo‘shilib ketgunicha tavakkal qilishga fursat yo‘q edi. Farrux Sayfiyev terma jamoada o‘ynab qaytdi, charchoq bo‘ladi. Azim Ahmedov jamoa sardori, bugun u gol urdi, o‘zining yetakchilik qobiliyatini namoyish etdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi