Foto: “Russkie Emirati”
Dubaydagi Jahon kubogida Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning Tuz laqabli oti g‘alaba qozondi. Bu haqda Checheniston davlat teleradiokompaniyasi xabar berdi.
Otni chechenistonlik ot egasi Hamzat Zakayev parvarish qilgan. Poygada umumiy mukofot jamg‘armasi 2 million dollarni tashkil etadi. Birinchi o‘rin g‘olibi 1,16 million dollar miqdorida mukofot oladi.
Tuz yetti yoshda. U 2019 yil Pyatigorskdagi ikkita umumrossiya ot poygasida debyut qilgan va u yerda g‘alaba qozongan. O‘sha yili Chechenistonda ot sporti asoschisi Said-Husayn Zakayev Checheniston rahbariga bu otni sovg‘a qilgan.
“Ushbu otni Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga uning yaqin hamkori, do‘sti va mamlakatdagi ot sporti asoschisi Said-Husayn Zakayev sovg‘a qilgan. Ramzan Axmatovich avvalroq Said-Husayn tufayli ot sportiga qiziqqanini ta’kidlagandi. 2021 yilda Tuzni Dubayga olib ketishgan va u shu kungacha o‘sha yerda o‘ynamoqda”, — deydi “Axmat” klubi bosh murabbiyi Axmat Iso Babuyev. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”