
Italiya A Seriyasi 30-turidan o‘rin olgan "Kalyari" - "Verona" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Dastlab, Federiko Bonatssoli hisobni ochgan bo‘lsa, 74-daqiqada sardiniyaliklar Ibragim Sulemananing goli evaziga muvozanatni tikladi. Legionerimiz Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushdi va bir taym harakat qildi.
Shu tariqa, Raneri shogirdlari o‘z uyida bir ochkoni qo‘lga kiritdi. "WhoScorred" talqiniga ko‘ra, Shomurodovning o‘yini 6.1 ballga loyiq ko‘rildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar