A Seriyaning 30-turida “Kaoyari” o‘z maydonida to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobatchisi “Verona”ni qabul qildi. Har ikki jamoa yuqori diviziondagi joyini saqlab qolish uchun kurashayotgan bois faqat g‘alaba uchun to‘p tepdi.
Kutilmaganda Klaudio Raneri O‘zbekiston milliy terma jamoasidan jarohat bilan qaytgan Eldor Shomurodovni boshlang‘ich tarkibga maydonga tushirdi. 28 yoshli hujumchimiz ham o‘ziga berilgan imkoniyatdan foydalanish uchun ancha faol o‘ynadi.
Biroq, tanaffusdan keyin Shomurodov o‘z o‘rnini jamoadoshi Nikolas Violaga bo‘shatib berdi. Bellashuvda har ikki tomon bir birining darvozasini bir marotabadan ishg‘ol qildi va o‘yin 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.
Uchrashuvdan keyin Klaudio Raneri jurnalistlar bilan suhbatda o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
- O‘yin qanday bo‘ldi?
- Juda qiyin kechdi. Biz qarshi hujumlarda o‘ynamoqchi emasdik, lekin o‘xshamadi. Lekin baxtiyorman, g‘alaba qozona olmaganingdan keyin, yutqazib qo‘ymaslik muhim ahamiyat kasb etadi. Raqibni tabriklashim kerak, ular juda zo‘r o‘ynadi. Biz ham qolishganimiz yo‘q. O‘yinga qayta olganimiz, hali jonimiz borligidan va uchrashuvlarda oxirigacha kurasha olishimizdan dalolat beradi.
Men Shomurodovga achinaman. Birinchi bo‘limda eng yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgan hujumchini tanaffusda zahiraga olishimga to‘g‘ri keldi. Biz raqib himoyasini yorib o‘tishimiz kerak edi, lekin ular ikkinchi qavatda yaxshi o‘ynaydigan hujumchilarimizga qarshi kuchli himoyalanishdi. “Verona” juda ehtiyotkorona o‘ynadi va ular hujumchilarimizga o‘zini ko‘rsatish imkonini bermadi.
Viola hujum va yarim himoyani bog‘lashi uchun Shomurodovning o‘rniga uni maydonga tushirdim. Suleymana va Oristanio o‘yinidan ham qoniqdim. Qo‘lga kiritilgan bir ochko ham ijobiy natija.
- Gaetanoning ahvoli qanday?
- Men yuqori darajadagi tayyorgarligi so‘roq ostida bo‘lgan o‘yinchilarni maydonga tashlagim kelmaydi. Violani shiddatli o‘yinchi ekani uchun maydonga tushirdim, Gaetanoning salomatligini xavf ostiga qo‘yishni istamadim.
- Nega “Kalyari” yaxshi o‘ynash uchun avval “tarsaki” yemoqda?
- Endi bu masala bizni bezovta qila boshladi. “Verona” shiddatli o‘yin ko‘rsatadi. Bu oldindan ma’lum edi. Biz ularning yarim himoyasini ortga qoldirmoqchi bo‘ldik. Lekin ular kuchliroq o‘ynadi.
- Sulemana haqida nima deysiz?
- U ajoyib o‘yinchi. U eng kerakli paytda jarohat olgandi, lekin ikki baravar kuchli bo‘lib qaytdi. Men uning to‘pni olib qo‘yish qobiliyatiga qoyil qolaman.
Men barcha futbolchilarimga ishonaman. Biz har qanday raqibga qarshi o‘ynashni uddalashimiz kerak.
- Yutqazib qo‘yishdan qo‘rqdingizmi?
- Biz har doim g‘alaba uchun to‘p tepishimiz kerak. Yutqazib turganingda durang natija ham qoniqtiradi. “Verona”ning kuchi qanday ekanini biladiganlar kam. Biz ajoyib o‘yin o‘tkazdik. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”