Foto: hchumo.uz
23-30 aprel kunlari Toshkent va Samarqand shahrida xokkey bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida Osiyo va Okeaniya kubogi o‘tkaziladi. Unda 10 ta jamoa, jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.
Bu O‘zbekistonda Xalqaro xokkey federatsiyasi (IIHF) shafeligida o‘tkaziladigan birinchi rasmiy xalqaro turnirdir.
Musobaqada mezbonlardan tashqari Hindiston, Indoneziya, Eron, Kuvayt, Makao, Malayziya, Mo‘g‘uliston, BAA va Tailand terma jamoalari ishtirok etadi.
Ishtirokchilar beshta jamoadan iborat ikki guruhga bo‘lingan. Har bir jamoa raqib bilan bittadan o‘yin o‘tkazadi. Guruhlarida birinchi o‘rinni egallagan jamoalar oltin medal, ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar esa bronza medali uchun kurash olib boradi.
Qolgan ishtirokchilar ham kuchli o‘ntalikdagi o‘rinlarni taqsimlash uchun pley-off o‘yinlarini o‘tkazadi.
Toshkentdagi «Humo Arena»da «A» guruhi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston, Tailand, Eron, Malayziya va Kuvayt o‘smirlar terma jamoalari kuch sinashadi.
Samarqanddagi muz arenasida bo‘lib o‘tadigan «V» guruhida Mo‘g‘uliston, BAA, Hindiston, Makao va Indoneziya terma jamoalari ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston xokkeychilari o‘tgan yilgi musobaqa g‘olibi sifatida turnirni o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”