
Foto: “Lokomotiv”
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 5-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” va “Andijon” o‘rtasidagi bahs 4 aprel, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limda esa “Andijon” hisobni ochdi. 55-daqiqada Islombek Mamatkazin o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.
70-daqiqaga kelib, andijonliklar futbolchisi Shahrom Samiyev hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. Faqatgina 85-daqiqada Sardor Abdunabiyev hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.
O‘yin yakunigacha shu hisob saqlanib qoldi. Shu tariqa “Andijon” safardagi g‘alabani rasmiylashtirdi. Bugungi o‘yindan so‘ng Superliga jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi:

“Lokomotiv” – “Andijon” 1:2
Gollar: 0:1 — 55 Islombek Mamatkazin, 0:2 — 70 Shahrom Samiyev, 1:2 — 85 Sardor Abdunabiyev.
“Lokomotiv”: 32. Suhrob Sultonov, 2. Abdulazizxon Abdurashidov, 4. Ivan Rogach, 8. Damyan Krayishnik, 10. Ivan Bulatovich (27. Sobit Sindarov, 85), 14. Dilshod Komilov, 15. Jasur Hakimov (7. Sardor Abdunabiyev, 66), 17. Sanjar Tursunov, 22. Muhammadanas Hasanov, 26. Abdulloh Yo‘ldoshev, 55. Anzur Ismoilov (11. Izzatilla Abdullayev, 75).
“Andijon”: 72. Igor Litovka, 5. Abdulvohid G‘ulomov, 7. Sherzod Esanov (8. Farhodbek Bekmurodov, 79), 9. Levan Arveladze, 13. Sardorbek Azimov, 15. Vladimir Bubanya, 17. Farhod Sohibjonov (31. Demir Imeri, 79), 26. Muhammadkarim Toirov, 28. Islom Mamatkazin, 51. Luka Zgurskiy (99. Shahrom Samiyev, 61), 71. Bektemir Abdumannonov.
Ogohlantirishlar: Luka Zgurskiy (32), Islom Mamatkazin (38), Ivan Rogach (54). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar