Bir necha kunlardan so‘ng Qatar maydonlarida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi bahslari start oladi. O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi guruh bosqichida Malayziya, Quvayt va Vetnam jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Bugun O‘FA Prezidenti Abdusalom Azizov ushbu muhim turnir oldidan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi. O‘zbek futboli rahbari yoshlarimiz oldida turgan ushbu musobaqaning mas’uliyati haqida fikr bildirar ekan, musobaqada jamoamizga shaxsan Prezidentimiz ham katta qiziqish bilan muxlislik qilayotganini aytib o‘tdi. O‘zbek futboli tarixida ilk bora Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, butun xalqimizga bayram va xursandchilik taqdim etish imkoniyati mavjudligi, bu borada jamoaning potensiali yetarli ekanligi aytildi. Eng muhimi — jamoada g‘alaba ruhi borligi hamda jangovar tarkib yig‘ilgani qayd etildi.
Jamoa birdam bo‘lib, intizomli o‘yin ko‘rsatgan holda yurt obro‘sini munosib himoya qilishi kerakligini ta’kidlandi.
O‘z o‘rnda jamoamizning bir qator yetakchi futbolchilari ham fikrlarini bildirib o‘tishdi. Abdusalom Azizov murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va tayyorgarlik jarayoni haqida suhbatlashdi. Tibbiy shtab tomonidan futbolchilarning sog‘ligi, tiklanishi va vitaminizatsiyalash jarayoni borasida ma’lumotlar eshittirildi. O‘FA Prezidenti futbolchilarga eng zamonaviy, yuqori darajadagi tibbiy yordam ko‘rsatish amaliyotini davom ettirishga ko‘rsatma berdi.
Uchrashuv yakunida Abdusalom Abdumavlonovich mas’uliyatli turnir oldidan jamoamizga yana bir bor omad tiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mashhur kosmetolog Krishtianu Ronalduni sudga berdi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
Bog‘, sayilgoh va xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlovchi hujjat loyihasi ishlab chiqildi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi
Britaniyada davlat idoralari o‘z xodimlariga mamlakat bo‘ylab parvozlarni taqiqlashni boshladi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
Rossiya Ukrainaga “zudlik bilan” mahbuslarni almashishga tayyorligini bildirdi
Netanyaxu Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi