15 aprel kuni Qatarda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi boshlanadi. Bu turnir aslida 2016 yili yo‘lga qo‘yilgan. Ungacha Osiyo futbol konfederatsiyasi 22 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar ishtirokida qit’a birinchiligini o‘tkazib kelgan.
OFK qaroriga ko‘ra, bu musobaqa Olimpiya o‘yinlari saralash turniriga aylantirildi va ishtirokchilar yoshi ham ko‘tarildi.
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar qatnashgan 2016 yildagi Osiyo kubogiga ham Qatar mezbonlik qilgan va o‘sha musobaqada hamyurtlarimiz guruhdan chiqa olmagan va tabiiyki, “Rio-2016” olimpiadasiga ham yo‘llanma ololmagan.
Ikki yildan keyin Xitoyda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston U-23 terma jamoasi qit’a chempionligini qo‘lga kiritgan.
2024 yili Fransiyada bo‘ladigan Olimpiya o‘yinlariga saralash vazifasini o‘taydigan bu galgi Osiyo kubogi oldidan o‘zbekistonlik futbol muxlislari e’tiboriga tarixiy va qiziqarli faktlarni havola etamiz.
Beshta turnir, beshta chempion
Hali bu musobaqada hech bir jamoaga ketma-ket ikki marotaba g‘olib bo‘lish nasib qilmagan. Hozircha, Iroq, Yaponiya, O‘zbekiston, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari bir martadan chempion bo‘lgan. Bu galgi chempionatda Timur Kapadze shogirdlaridan hali hech kim uddalay olmagan ish – ikkinchi marta Osiyo kubogini qo‘lga kiritishni kutib qolamiz.
Bizni Saudiya Arabistoni to‘xtatgan edi...
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi ikki yil muqaddam Toshkentda o‘tkazilgan Osiyo kubogida ikkinchi bor chempion bo‘lishga juda yaqin kelgan edi. Biroq futbolchilarimiz finalda saudiyaliklarga 0:2 hisobida yutqazib, bu imkoniyatni qo‘ldan chiqargan.
Saudiya Arabistoni futbolchilari uchinchi urinishda bosh sovringa ega chiqdi. Ular avval finalda Iroq va Janubiy Koreya terma jamoalariga yutqazgan.
Yana Qatarga qaytib...
Osiyoning futbol markaziga aylangan Qatar yana yoshlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligini qabul qilmoqda. Qatar bu turnirga ikki marta mezbonlik qilgan birinchi mamlakat sifatida tarixda qoladi. O‘mon, Xitoy, Tailand va O‘zbekiston bir marotabadan qit’a yoshlarini o‘zida jamlagan.
Doimiy ishtirokchilar
Osiyoning yetti mamlakati futbolchilari yoshlar o‘rtasidagi qit’a chempionatida uzluksiz ishtirok etib kelmoqda. Shu paytgacha o‘tkazilgan turnirlarda Avstraliya, Iroq, Yaponiya, Iordaniya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston futbolchilari qatnashgan edi. Bu terma jamoalar 2024 yilgi musobaqada ham g‘oliblik uchun kuch sinashadi.
O‘zbekiston e’tiborni tortmoqda
O‘zbekiston so‘nggi uchta musobaqada g‘oliblikka da’vogarlik qilgani bilan muxlisu mutaxassislar e’tibori va e’tirofini qozondi. Bu turnirlarda O‘zbek futbolchilari bir martadan to‘rtinchi, ikkinchi va birinchi o‘rinlarni egallagan.
Maqsad – Olimpiada yo‘llanmasi
Osiyo kubogida dastlabki uchta o‘rinni egallagan terma jamoalar Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. To‘rtinchi o‘rin sohibi Afrika qit’a vakili – Gvineya yoshlar terma jamoasi bilan pley-offda to‘qnash keladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gavining qilig‘i Flikka yoqmadi: “Aql o‘rgatishni senga kim qo‘yibdi?”
Qashqadaryoda erkak ayoli va chaqalog‘ini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi
27 noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot
Bayden hozircha Ukrainani NATOga taklif etishga chaqirmaslikka qaror qildi
Oq uy Ukrainaga Rossiya hududiga ATACMS raketalarini qo‘llashga ruxsat berganini tasdiqladi
Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni qamab qo‘ydi
AQSHda amaldorlar Tramp tufayli ommaviy ravishda xususiy sektorga ketib qolmoqda
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi lavozimiga saylandi