Xabaringiz bor, 19 aprel kuni “UFC 300” turniri bo‘lib o‘tadi. Mazkur jang kechasida eng qiziqarli o‘tishi kutilayotgan jang bu- Jastin Getji hamda Maks Xollouey qarama-qarshiligi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Biz an’anaga muvofiq ushbu to‘qnashuv borasida o‘zbek yakkakurash olami vakillarini fikri bilan qiziqdik.
Mavlon Mavlonov – murabbiy
- Bu jangni eshitishi bilanoq oxoo deb yuboradigan to‘qnashuvdir. Ikki gladiatorlar to‘qnashuvi, har ikkisi ruhiy tomonlama sinmaydigan jangchilar sarasiga kiradi. Lekin gabarit va jismoniy kuch jihatidan Getji ustunroq. Getji Toni Fergyusonni qanday tarzda mag‘lub etgan bo‘lsa, ya’ni qanday jarohat yetkazgan bo‘lsa, Xolloueyni ham shunday holat kutib turibdi. Nazarimda Getji Maksga og‘ir jarohat yetkazadi va shuni hisobiga g‘alaba qozonib ketadi, deb o‘ylayman. Imkoniyatlarni 60/40 degan bo‘lardim.
Muhammadjon Qurbonov – MMA jangchisi
- Getji-Xollouey jangiga keladigan bo‘lsak, Getjini imkoniyatini yuqori baholagan bo‘lardim. Chunki Pore-Xollouey jangini ko‘rganmiz. Baribir gabarit jihatdan Maks kichiklik qiladi. Qolaversa, unda nokautga uchratuvchi zarba kuchi yo‘q. Getjida esa aksincha nokautga yo‘llaydigan og‘ir zarbalari bor. Imkoniyatlarni 70/30 deya baholagan bo‘lardim.
Humoyun Ibragimov – MMA jangchisi
- Meni fikrimcha Getjida Maksni nokaut qiladigan kuch bor. Shuningdek, juda ko‘p jarohat beradi, deb o‘ylayman. Bu jang texnik nokaut bilan yoki doktorlar to‘xtatsa kerak, deb o‘ylayman. G‘alaba Getji tarafida bo‘ladi, degan fikrdaman. Imkoniyatlar 60/40.
Amirxon Alixo‘jayev – MMA jangchisi
- To‘g‘risi, bu jangni muddatidan avval yakunlanadi, deb o‘ylamayman. Ikkisi ham zarba ko‘taradigan jangchilar hisoblanadi. Bahs to‘liq uch raund davom etadi va bunda Jastin Getji ochkolarga ko‘ra g‘alaba qozonadi. Imkoniyatlarni 55/45 degan bo‘lardim. Jastin foydasiga!
Murodbek Choriyev – MMA jangchisi
- Bu jang juda qiziqarli kechishi aniq. Ikkita juda irodali bo‘lgan jangchilar bahs yuritadi. Lekin Jastin Getjida imkoniyat yuqori, degan fikrdaman. Sababi, Getji masofani tez o‘zgartiradi va zarba kuchi ham yuqori. Imkoniyatlarni 60/40 degan bo‘lardim.
Hilola Sobirova –MMA jangchisi
To‘g‘risi, kim g‘alaba qozonishi haqida biror fikr bildira olmayman. Yaratganni aytgani bo‘ladi. Biroq, baribir kim ko‘proq mehnat qilgan bo‘lsa, omad shu tarafda bo‘ladi. Menga Jastin Getjini jang olib borish uslubi va harakateri yoqadi. Shuning uchun unga muxlislik qilaman va g‘alaba qozonishiga umid qilaman. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gavining qilig‘i Flikka yoqmadi: “Aql o‘rgatishni senga kim qo‘yibdi?”
Qashqadaryoda erkak ayoli va chaqalog‘ini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi
27 noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot
Bayden hozircha Ukrainani NATOga taklif etishga chaqirmaslikka qaror qildi
Oq uy Ukrainaga Rossiya hududiga ATACMS raketalarini qo‘llashga ruxsat berganini tasdiqladi
Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni qamab qo‘ydi
AQSHda amaldorlar Tramp tufayli ommaviy ravishda xususiy sektorga ketib qolmoqda
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi lavozimiga saylandi