22:38 / 06.04.2024
148

Fevzi Davletov: "O‘zimizga bo‘lgan ishonch qaytdi, endi esa natijalarni yaxshilashimiz kerak"

Fevzi Davletov: "O‘zimizga bo‘lgan ishonch qaytdi, endi esa natijalarni yaxshilashimiz kerak"
Superliga 5-turidan o‘rin olgan "Surxon" - OKMK (2:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov ishtirok etdi.

- O‘yin haqida
- Mehmondagi qiyin uchrashuvdan keyin qaytish oson bo‘lmadi. Birinchi bo‘limda o‘yinimizda muammolar bor edi, to‘pni o‘zimizda ushlab qola olmadik va ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik. Tanaffusda o‘zgarishlarga qo‘l urdik va o‘yin tizgisi o‘zgardi deya olaman. Tezroq gol urishimiz kerak edi va ikkinchi bo‘limda gol hisobni ochdik. Uchrashuvda yirikroq hisob qayd etishimiz ham mumkin edi, ammo yaratgan vaziyatlarimizni ko‘pini golga aylantira olmadik.

- "Surxon" jamoasiga o‘z o‘yini va holatini yaxshilab bormoqda. O‘tgan turdagi uchrashuvda jamoangiz so‘ngi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqargandi. "Navbahor"ga qarshi o‘yindagi alamli natija, futbolchilaringizga qanday ta’sir o‘tkazdi? Salbiymi yoki ijobiy?
- Namanganda yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Yigitlar natijani yaxshilash kerakligini tushunib yetishgandi. Safar o‘yini bo‘lishiga qaramasdan juda ko‘p muxlislarimiz bizni qo‘llab quvvatlash uchun tashrif buyurishgan edi va muxlislar hurmati biz yaxshi o‘yin namoyish etishimiz kerak edi. "Navbahor"ga qarshi uchrashuv o‘zimizga bo‘lgan ishonchni oshirdi. Natijalarimiz ham sekin astalik bilan yaxshilanib bormoqda. O‘tgan turda durang va bugungi bahsdagi g‘alaba. Olimpiya terma jamoasiga jalb etilgan Ulug‘bek Hoshimovning o‘rni ham ancha bilinmoqda. U bugun bizga katta yordam berishi mumkin edi.

- Bugungi g‘alaba jamoangiz uchun juda zarur edi. O‘yin davomida jamoangiz ko‘pgina xavfli vaziyatlar yaratdi, ammo vaziyatlarni golga aylantirish masalasi bo‘yicha jamoangizda muammolar bor?
- Bugungi uchrashuvda faqat bizga faqat g‘alaba kerak edi. Jamoa o‘z kuchiga ishonmoqda. Buyog‘iga natijalarni yaxshilashimiz kerak.

- O‘tgan mavsum chempionatimizda eng yaxshi darvozabonlardan biri bo‘lgan Artem Potapov bugun qaydnomada yo‘q edi. Potapov va Nimeli kabi legioner futbolchilarning hattoki qaydnomadan o‘rin olmayotganiga sabab nima?
- Nimelining jarohati bor va u hali tiklanishga ulgurmadi. Potapov ruhiy tomonlama o‘ynashga tayyor emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fevzi Davletov: "O‘zimizga bo‘lgan ishonch qaytdi, endi esa natijalarni yaxshilashimiz kerak"