21:48 / 07.04.2024
429

Gol urgan Abbosbekning o‘yini qanday baholandi? U uchrashuvdan so‘ng nimalar dedi?

Gol urgan Abbosbekning o‘yini qanday baholandi? U uchrashuvdan so‘ng nimalar dedi?
Rossiya Premer-ligasining 23-turida SSKA futbolchilari o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Fakel” jamoasini 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, mamlakat chempionatlari tarixida 100-yirik hisobdagi g‘alabasini nishonladi.

Uchrashuv qahramonlaridan biri bellashuvda “armiyachilar”ning uchinchi golini kiritgan Abbosbek Fayzullayev bo‘ldi.

Statistikaga ixtisoslashgan “Whoscored” portali hamyurtimizning bahsdagi harakatlarini 7,7 ballga loyiq ko‘rdi.

O‘yindan keyin Abbosbek Fayzullayev ommaviy axborot vositalari jurnalistlarining bergan savollariga javob qaytardi.

— Jamoaga to‘liq moslashib bo‘ldingmi?
— Ha, terma jamoaga ketganim uchun biroz tanaffus bo‘ldi, keyin sport formamni tikladim va hozir o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Har doim jamoamga yordam berishni istayman.

— O‘zbekistonda seni yana terma jamoaga chaqirishmoqchiligini, lekin SSKA qo‘yib yubormayotganini aytishyapti. Bu haqda eshitdingmi?
— Ha, muzokaralar davom etayotganini ham eshitdim. Yurtimga yordam berish uchun har doim tayyorman. Agar qo‘yib yuborishsa, o‘ynab kelaman.

— Avvalgi uchrashuvlarda nega ochko yo‘qotdinglar?
— Ayrim uchrashuvlarda diqqatni jamlay olmadik, lekin har bir o‘yinga g‘alaba qozonish uchun chiqamiz.

— Mavsum oxirida SSKA qaysi o‘rinni egallasa qoniqish hosil qilasan?
— Top‑3.

— Mamlakat kubogini yutish muhimmi yoki kuchli uchlikka kirish?
— Mavsumni kubokni qo‘lga kiritgan holda yakunlash yoqimliroq.

Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Abbosbek Fayzullayev legioner sifatida ilk mavsumini o‘tkazmoqda.

O‘tgan yilning avgustida SSKA safiga ko‘chib o‘tgan hujumkor futbolchimiz Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogida jami 23 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga uchta gol va to‘qqizta assist yozdirib qo‘ydi.

Moskvalik “armiyachilar” Premer-ligada yuqori o‘rinlar uchun kurashmoqda. Rossiya kubogida esa, yarim final bosqichida ishtirok etmoqda.

SSKA futbolchilari navbatdagi uchrashuvini Premer-liganing 24-turida asosiy raqobatchilaridan hisoblangan “Lokomotiv”ga qarshi o‘tkazadi. 13 aprelga belgilangan bellashuv raqib maydonida bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gol urgan Abbosbekning o‘yini qanday baholandi? U uchrashuvdan so‘ng nimalar dedi?