
Italiya A Seriyasi 31-turidan o‘rin olgan "Kalyari" - "Atalanta" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 2:1 hisobida mezbonlar g‘alabasi bilan yakunlandi.
Maydon egalari safida gollarga Augello va Viola mualliflik qildi. Mehmonlarning yagona goli Skamakka nomiga qayd etildi. Legionerimiz Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushdi va jamoasining birinchi goliga assistentlik vazifasini bajarib berdi.
O‘yindan so‘ng "SofaScore" va "WhoScored" portallari futbolchilarga qo‘yilgan ballarni taqdim etdi. Marhamat, quyida hamyurtimiz necha ballga loyiq ko‘rilgani bilan batafsil tanishish imkoniga egasiz.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar