00:41 / 08.04.2024
1 002

Shomurodovning bir o‘zi raqib himoyasini titratdi. Legionerimiz o‘yini qanday baholandi?

Shomurodovning bir o‘zi raqib himoyasini titratdi. Legionerimiz o‘yini qanday baholandi?
Italiya A Seriyasining 31-turida eng keskin va murosasiz uchrashuvlardan biri yuqori diviziondagi joyini saqlab qolish uchun kurashayotgan “Kalyari” va Chempionlar ligasiga yo‘llanma olishga urinayotgan “Atalanta” o‘rtasida kechdi.

O‘yin boshidan “Atalanta” katta ustunlikka erishdi va Janluka Skamakka hisobni ochishga erishdi. Biroq uchrashuvning 41-daqiqasida hujumga o‘tgan Eldor Shomurodov raqibning uch himoyachisini dog‘da qoldirib, jamoadoshi Tommazo Aujelloni juda qulay pozitsiyaga chiqardi.

Eldor yordamida urilgan gol Klaudio Raneri shogirdlarini kurashga qaytardi. Mezbonlar o‘yin yakunlanishiga bir necha qolganida gol urib, musobaqa jadvalida 13-pog‘onaga ko‘tarilib oldi va xafli hududdan ancha uzoqlashdi.

“Kalyari” faoliyatini yoritib kelayotgan cagliarinews24.com ekspertlari jamoa futbolchilari harakatlarini quyidagi baholadi.

SKAFFЕT 6:
Skamakka gol urib ketgan vaziyatni hisobga olmaganda o‘yin darvozabon uchun bir maromda kechdi.

NANDЕS 6.5:
Maydonning har bir nuqtasida o‘z usulida kurash olib bordi. Biro qo‘pol o‘ynagani bois, ogohlantirish oldi va “Milan”ga qarshi keyingi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

MINA 7:
Gigant himoyachi mudofaani juda yaxshi ushladi. Pozitsiyasini aniq tanlashi evazo‘iga “Atalanta” futbolchilariga imkon qoldirmadi.

DOSSЕNA 6:
Skamakka gol urgan vaziyatda bo‘sh o‘ynadi. Qolgan daqiqalarda ishonchli harakat qildi.

AUJЕLLO 7,5:
Eldor Shomurodov yordamida chempionatdagi ilk golini urdi. Hisobni tenglashtirishdan tashqari, himoyalanishda ham yaxshi o‘ynadi.

SULЕMANA 6,5:
Maydon bo‘ylab yugurdi, raqibni pressing ostida ushlab turdi. To‘pni olib qo‘yishda ham mahorat ko‘rsatdi.

MAKUMBU 5.5:
Yaxshi o‘ynadi, lekin odatiga ko‘ra, to‘pni o‘zida ko‘p ushlab qolyapti.

DЕYOLA 6:
Raqib yetakchilardan De Roonni yopdi. Juda ko‘p yugurdi.

GAETANO 6:
Kutilgan darajada o‘ynay olgani yo‘q. Lekin to‘pni qabul qilishi bilan, xavfli hujum uyushtirish, texnikasini ko‘rsatishni uddaladi.

VIOLA 7.5:
78-daqiqada Gaetano o‘rniga tushgan Viola boshi bilan g‘alaba to‘pini kiritdi.

ORISSTANIO 6.5:
Jamoaga hujum uyushtirishda ham, himoyalanishda ham ancha yordam berdi.

SHOMURODOV 7:
Raneridan ajoyib yurish. Eldorning bir o‘zi “Atalanta” himoyachilarining barini titratdi. Tezkorligi bilan ularni bosim ostida ushlab turdi. Uch nafar himoyachini dog‘da qoldirib, Aujelloga golli pas uzatdi. Bu gol jamoani kurashga qaytardi va g‘alabaga poydevor bo‘ldi.

LUVUMBO 7:
66-daqiqada Shomurodovning o‘rniga maydonga tushgan futbolchi g‘alaba goliga assistentlik qildi.

RANЕRI 8:
Har tomonlama kuchli raqib ustidan g‘alaba qozonishni uddaladi. U qo‘llagan taktika va o‘yin davomida o‘zgartirishlar muhim uch ochkoni keltirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodovning bir o‘zi raqib himoyasini titratdi. Legionerimiz o‘yini qanday baholandi?