Rossiya Premer-ligasining 23-turida SSKA o‘z maydonida “Fakel”ni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, 36 ochko bilan musobaqa jadvalida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Endi “armiyachilar”ni uchinchi pog‘onani egallab turgan “Dinamo” bilan orasini atigi ikki ochko ajratib turibdi.
Vladimir Fedotov shogirdlari qolgan uchrashuvlarda g‘alaba qozonishni davom ettiradigan bo‘lsa, yanada yuqoriroq ko‘tarilish imkoniyati bor. Chunki dastlabki ikki o‘rinni egallab turgan “Zenit” va “Krasnodar” bilan ochkolar farqi unchalik katta emas va bu jamoalar ham barqaror o‘yin ko‘rsata olayotgani yo‘q.
E’tiborli jihati – “Fakel” bilan o‘yinda Abbosbek Fayzullayev to‘p kiritib, o‘z hisobiga mavsumdagi uchinchi golini yozdirib qo‘ydi. Osiyo kubogidan keyin SSKAda zaxiraga o‘tirib qolgan legionerimiz yana boshlang‘ich tarkibdagi joyini qaytarib oldi.
Rossiya futboli ekpertlari o‘zbek legionerining o‘yinidagi ijobiy o‘zgarishlarga o‘z bahosini berdi.
Sports.uz portali ekspertlarning 20 yoshli hujumkor futbolchimiz haqidagi fikr-mulohazalarini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola qiladi.
Valeriy Masalitin, SSKAning sobiq futbolchisi:
Birinchi bo‘limdagi shiddatli o‘yin maydonda kim xo‘jayin ekanini ko‘rsatib qo‘ydi. Bu SSKAning joriy yildagi eng mazmunli o‘yini bo‘ldi. Abbosbek Fayzullayev o‘yini haqida nima deyish mumkin? Unga biroz og‘ir.
Osiyo kubogidan qaytdi, tabiiyki, unga ham jismoniy ham ruhiy jihatdan to‘liq tiklanib olish uchun vaqt kerak. Abbos hali yosh yigit, bunaqa yuklamalarni katta o‘yinchilarning hammasi ham ko‘tara olmaydi. Biroz tanaffus qildi va endi sekin-asta o‘ziga kelyapti, biroq hali o‘zining optimal darajasiga chiqqani yo‘q.
Bu galigi uchrashuvda kutilmagan harakatlari, aniq paslari, goli bilan ajralib turdi, ammo baribir unga yana vaqt kerak.
Aleksandr Grishin, SSKAning sobiq futbolchisi:
Men Fayzullayevga Osiyo kubogidan keyin biroz dam berishganini tushunib yetdim. U xalqaro miqyosda ko‘p o‘yin o‘tkazdi va SSKAning mavsum oldi tayyorgarligida to‘liq ishtirok etmadi. Shuning uchun ham birdan o‘ynab ketish juda qiyin va murabbiylar Fayzullayevga biroz hordiq chiqarish uchun imkoniyat yaratib berdi. Balki funksional holati shuni taqozo etgandir.
Hozir ikkita oxirgi uchrashuvda yaxshi o‘ynadi va bu bizga umid bag‘ishlaydi. Abbosbek kreativ futbolchi, SSKA qanotdan uyushtiriladigan hujumlarni aynan Fayzullayev yordamida tashkil qilmoqda. Bu gal uning o‘zi ham chiroyli gol urishga erishdi. Formasini tiklayapti. O‘ylashimcha, oldindagi uchrashuvlarda ham boshlang‘ich tarkibda maydonga tushadi.
SSKA futbolchilari Premer-ligadagi navbatdagi uchrashuvini huddi o‘zlari singari 36 ochko jamg‘argan “Lokomotiv”ga qarshi o‘tkazadi. 13 aprelga belgilangan o‘yinga “temiryo‘lchilar” mezbonlik qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mashhur kosmetolog Krishtianu Ronalduni sudga berdi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
Bog‘, sayilgoh va xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlovchi hujjat loyihasi ishlab chiqildi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi
Britaniyada davlat idoralari o‘z xodimlariga mamlakat bo‘ylab parvozlarni taqiqlashni boshladi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
Rossiya Ukrainaga “zudlik bilan” mahbuslarni almashishga tayyorligini bildirdi
Netanyaxu Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi