O‘tgan yilning avgust oyida SSKAga ko‘chib o‘tganidan keyin Abbosbek Fayzullayev qisqa fursatda yangi jamoasining asosiy o‘yinchilaridan biri darajasiga ko‘tarildi.
Kreativ o‘yin uslubi bilan hujumkor futbolchimiz mutaxassislar e’tiborini o‘ziga jalb qilish barobarida rossiyalik muxlislar yoqimtoyiga ham aylandi.
Qolaversa, Abbosbek Fayzullayev ommaviy axborot vositalari vakillarining doimiy e’tibori va e’tirofida.
Rossiya Premer-ligasining 23-turida legionerimiz “Fakel” darvozasini ishg‘ol qilib, “armiyachilar”ning 4:1 hisobidagi g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi. Bu g‘alabadan keyin SSKA musobaqa jadvalida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Rossiyaning “RB Sport” sayti Abbosbek Fayzullayev bilan suhbatlashib, uning mavsumga qo‘ygan maqsadlari bilan qiziqdi.
- Sizni muxlislarning katta guruhi qo‘llab-quvvatlab turadi va ular uchrashuvdan keyin personal tarzda e’tibor kutadi. O‘zingizni muxlislarning yoqimtoyi, deb his qilasizmi?
- Muxlislik qilishayotgani, qo‘llab-quvvatlashayotgani uchun rahmat aytaman, bu juda yoqimli.
- O‘yiningizda biroz pasayish kuzatilgandi, hozir hammasi o‘z o‘rniga tushgandek...
- Bu pasayish emasdi, men tiklanish jarayonini boshdan o‘tkazdim.
- Tiklanish zarurati nima bilan bog‘liq edi?
- O‘tgan yili juda ko‘p o‘yin bo‘ldi. Juda ham ko‘p. Toliqib qoldim, bu ruhiy jihatdan ham og‘ir. Shundan keyin murabbiylar hordiq chiqarishga imkon berdi va hozir hammasi yaxshi.
- Sizdan muntazam “Bavariya” haqida so‘rashadi. Bu nima?
- Men bu haqda o‘ylamaslikka harakat qilaman. SSKA bilan shartnomam mavjud va bor e’tiborim shunga qaratilgan.
- Bir orzu qilib ko‘rsangiz, qaysi chempionatda o‘ynashni istardingiz?
- Ispaniyada.
- Sizningcha, SSKA hali ham chempionlik poygasida ishtirok etyaptimi?
- Menimcha, ha. Biz birinchi o‘rin uchun kurasha olamiz. O‘yinimiz o‘xshayapti, o‘ylashimcha, har bir o‘yinda uch ochkodan olsak, chempionlik uchun kurashish mumkin.
- “Zenit”ni yutish mumkin, deb hisoblaysizmi?
- Ha. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gavining qilig‘i Flikka yoqmadi: “Aql o‘rgatishni senga kim qo‘yibdi?”
Qashqadaryoda erkak ayoli va chaqalog‘ini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi
27 noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot
Bayden hozircha Ukrainani NATOga taklif etishga chaqirmaslikka qaror qildi
Oq uy Ukrainaga Rossiya hududiga ATACMS raketalarini qo‘llashga ruxsat berganini tasdiqladi
Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni qamab qo‘ydi
AQSHda amaldorlar Tramp tufayli ommaviy ravishda xususiy sektorga ketib qolmoqda
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi lavozimiga saylandi