00:30 / 11.04.2024
1 232

Shomurodovni o‘ylab o‘tirmay, transfer qilamiz!

Shomurodovni o‘ylab o‘tirmay, transfer qilamiz!
Eldor Shomurodovning “Kalyari”dagi vaziyati yaxshi tomonga o‘zgara boshladi.

Kuchli raqib – “Atalanta”ga qarshi uchrashuvda o‘z assisti bilan hisobni tenglashtirishga katta hissa qo‘shgan legionerimiz zahiraga olinib, maydondan chiqib ketayotgan pallada sardiniyalik muxlislar uni oyoqda turib olqishladi.

Ayni paytda futbol ishqibozlari Eldor Shomurodovni “Kalyari”ga to‘liq transfer qilish masalasini keng muhokama qilmoqda.

Xulio Sezar:
Shomurodovning jamoaga kerakligi shubhasiz, u yaxshi darajadagi hujumchi. Joriy mavsumdagi omadsizliklari bir necha sabablarga bog‘liq edi. Endi muammolar ortda qoldi va Eldor keyingi paytda ancha ko‘tarilib oldi.

Karlo Ermellino:
Menimcha, ijara muddatini uzaytirib turish kerak. Chunki Eldorning maoshi katta. Uni olib qolib, Andrea Petanyani qaytarib yuborish kerak.

Marko:
“Kalyari” uchun har mavsum 1,8 million yevro to‘lash og‘irlik qilishi mumkin. Shomurodovning ijara muddatini uzaytirish kerak.

Maksimum:
Keyingi paytda Shomurodov jamoaga kerakligini isbotlay oldi va shuning uchun ham uni saqlab qolishimiz kerak. Oldindagi 7 ta uchrashuvda Eldor o‘z qadrini ko‘rsatishi talab etiladi.

Uolter:
Shomurodov sog‘lom vaqtida zo‘r o‘yinchi ekanini isbotlab qo‘ydi. Tezkor, texnikasi zo‘r. Yaxshi saviyadagi markaziy hujumchi. Eldor mashg‘ulotlarda yaxshigina ter to‘kadi, bunga jiddiy yondashadi. Bu borada ko‘pchilikka o‘rnak bo‘la oladi. Oyog‘i sinib qolgani esa, uning aybi emas.

Mark:
Eldor Shomurodovni o‘ylab o‘tirmay, transfer qilish kerak. Eldor har qanday vaziyatda ham kurashib keladi. Agar kelasi mavsumda ham jamoada qolsa, “Kalyari” chempionatni umuman boshqacha boshlaydi. Klub prezidenti bunga ko‘z yummaydi, deb umid qilamiz.

Graneze:
Shomurodov uchun o‘zini loyihaning bir bo‘lagi, muhim o‘yinchi ekanini his qilish ahamiyatga ega. “Jenoa”da shunday edi.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodovni bir mavsumga ijaraga olish uchun “Kalyari” klubi “Roma”ga bir million yevro to‘lagan. Sardiniyaliklarda yozda o‘zbek legionerining shartnomasini 9 million yevroga sotib olish huquqi ham bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodovni o‘ylab o‘tirmay, transfer qilamiz!