
Hamyurtimiz, UFC sobiq chempioni Konor MakGregorning sparring sherigi Bahromjon Ro‘ziyevning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumki, Ro‘ziyev Konor MakGregorga tegishli menejerlik kompaniyasi mijoziga aylangan edi va uni katta ehtimol bilan Yevropaning Cage Fury yoki okean ortining biror bir ligasida jang qilishi kutilgandi.
Biroq, voqealar rivoji boshqa tomonga aylandi va yurtdoshimiz 26 aprel kuni Qozog‘istonning Naiza ligasida jang qiladigan bo‘ldi. Albatta, uning nufuzli promoushenlarga qo‘shilishiga shubhammiz yo‘q. Zero, u yetarli darajada kuchga ega menejerlik kompaniyasi bilan hamkorlik qilmoqda.
Hozirda Baxromjon Ruziyevni rekordi 2-0 ko‘rinish olgan. Bunday janglar esa, uning rekordini yaxshilash imkonini beradi. Albatta, hamyurtimizga kutilayotgan jangida omad tilaymiz! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar